La Strada
Yoʻl (La strada) | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Federico Fellini |
Prodyuser(lar) |
Dino De Laurentiis Carlo Ponti |
Ssenariynavis(lar) |
Federico Fellini Tullio Pinelli Ennio Flaiano |
Rollarda |
Giulietta Masina Anthony Quinn Richard Basehart |
Bastakor(lar) | Nino Rota |
Kinematografiya |
Otello Martelli Carlo Carlini |
Muharrir(lar) | Leo Catozzo |
Studiya(lar) | Ponti-De Laurentiis Cinematografica |
Distribyutor | Paramount Pictures |
Chiqarilgan sanasi | 1954-yil 6-sentabr 15-Venetsiya kinofistevali |
Davomiyligi | 108 daqiqa |
Mamlakat | Italiya |
Til | italyancha |
Yoʻl (La strada) — 1954-yilda Federico Fellini tomonidan suratga olingan italyan dramatik filmi. Film Gelsomina — sodda va yosh ayol (Giulietta Masina) haqida hikoya qiladi. Film Gelsominani onasidan Zampanò (Anthony Quinn) tomonidan sotib olinishi va oʻzi bilan birga olib ketishidan boshlanadi.
Fellini „La Strada“ni „mening butun mifologik dunyomning toʻliq katalogi, shaxsimning xavfli timsoli“ deb taʼriflagan[1]. Natijada, film uning boshqa asarlariga qaraganda koʻproq vaqt va kuch talab qildi[2]. Suratga olish jarayoni uzoq va va mashaqqatli kechdi. Ishlab chiqarish jarayonida muammolar bor edi. Moliyaviy yordam, muammoli kasting va koʻplab kechiktishlar shular jumlasidan. Suratga olish jarayoni tugashi arafasida Fellini asabiy tushkunlikka uchradi. Dastlabki tanqidiy munosabat keskin boʻldi. Filmning Venetsiya kinofestivalidagi namoyishi Fellini tarafdorlari va qoralovchilar oʻrtasida ommaviy mushtlashuvga aylanib ketgan bahsga sabab boʻldi.
Keyinchalik Amerika kino instituti maʼlumotlariga koʻra, "Yoʻl" „eng taʼsirli filmlardan biriga aylandi“[3]. U 1957-yilda eng yaxshi xorijiy film uchun Oscar mukofotini qoʻlga kiritdi[4]. U 1992-yilda Britaniya Film Instituti rejissyorlari tomonidan kinematografiyaning eng yaxshi 10 ta filmi roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sodda, xayolparast qiz Gelsominaning opasi Roza Zampanò bilan yoʻlga chiqqanidan keyin vafot etgan. Erkak bir yildan soʻng ularning onasidan Rozaning oʻrnini Gelsomina egallashini soʻrab qaytib keladi. Kambagʻal ona boshqa bolalarini boqish va tomni yopish uchun 10 000 lira oladi va qizini Zampanò bilan birga joʻnatadi.
Zampanò — koʻcha artisti. U koʻkragiga oʻralgan zanjirni uzib tomosha koʻrsatadi. U Gelsominaga nogʻora va karnay chalishni, raqsga tushishni, masxarabozlik qilishni oʻrgatadi. Zampanò Gelsominaga nisbatan yaxshi munosabatda boʻlmaydi.
Bir kun qiz isyon koʻtaradi va shaharga yoʻl oladi. U yerda u boshqa koʻcha artistlari, dorbozlik qiluvchi masxaraboz Mattoning harakatini tomosha qiladi. Zampanò uni oʻsha yerda topgach, uni qaytarib olib ketadi. Keyinchalik ular Matto ishlaydigan sirkka qoʻshilishadi. Matto Zampanòni masxara qiladi. Lekin uni bunga nima undayotganini tushuntirib berolmaydi. Ertasi kuni Matto Zampanòning ustidan bir chelak suv sepib yuborgandan soʻng, Zampanò pichoq bilan uni quvib ketadi. Natijada, u qisqa muddatga qamoqqa olinadi va ikkala erkak ham sayyor sirkdan haydaladi.
Zampano qamoqdan chiqishidan oldin Matto Gelsomina bilan gaplashib, u qul emasligini, har bir inson va narsaning maqsadi borligini aytadi. Zampanò qamoqdan chiqqach, ular yana yoʻlga tushadi. Yoʻlda bir cherkovda tunab qoladi. Cherkov rohibalaridan biri Gelsominaga qolishni taklif qiladi. Ammo Gelsomina Zampanò bilan birga ketadi.
Boʻsh yoʻlda Zampanò mashinasining gʻildiragini tuzatayotgan Mattoga duch keladi. Gelsomina ularni tomosha qilar ekan, ular jang qila boshlaydi. Zampanò Mattoning boshiga bir necha marta musht tushirgandan soʻng jang tugaydi. Mushtlashuv payti Mattoning boshi mashinaning tomi burchagiga urilib jarohatlanadi. Zampanò mototsikliga qaytib ketayotganda Matto soati singanidan shikoyat qiladi. Keyin toshga qoqilib, qulab tushadi va oʻladi. Zampanò jasadni yashiradi va mashinani koʻprikdan itarib yuboradi va mashina yonib ketadi.
Bu voqea Gelsominaga qattiq taʼsir qiladi va doimo „Matto yaralangan“ deb takrorlaydi. Zampanò uni yupatishga harakat qiladi. Lekin foyda bermaydi. U endi Gelsomina bilan tirikchilik qila olmasligidan qoʻrqib, uxlayotganida kiyim-kechak, pul va karnayi bilan uni tashlab ketadi.
Bir necha yil oʻtgach, u bir ayolning Gelsomina chaladigan kuyni kuylayotganini eshitadi. Zampanò ayoldan Gelsominaning oʻlganini eshitadi. Kechki payt Zampanò mast boʻlib, odamlar bilan janjallashib qoladi. Qirgʻoqqa boradi va u yerda yigʻlab yuboradi.
Rollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Giulietta Masina Gelsomina rolida
- Anthony Quinn Zampano rolida
- Richard Besehart Matto rolida
- Aldo Silvani Signor Giraffa rolida, sirk egasi
- Marcella Rovere La Vedova, beva ayol rolida
- Livia Venturini rohiba La Suorina rolida
Mukofotlar va nominatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„La Strada“ 50 dan ortiq xalqaro mukofotlarni, shu jumladan 1957-yilda „Eng yaxshi chet tilidagi film“ nominatsiyasida Oscarni qoʻlga kiritdi[6].
Mukofot/festival | Turkum | Qabul qiluvchilar | Natija |
---|---|---|---|
Oscar mukofotlari[7] | Chet tilidagi eng yaxshi film | Dino De Laurentis, Karlo Ponti | Gʻolib |
Eng yaxshi hikoya, eng yaxshi original ssenariy | Federico Fellini, Tullio Pinelli, Ennio Flaiano | Nomzod | |
Bodil mukofotlari | Eng yaxshi Yevropa filmi | Federico Fellini | Gʻolib |
Moviy lenta mukofotlari | Chet tilidagi eng yaxshi film | Federico Fellini | Gʻolib |
Britaniya kino va televidenie sanʼati akademiyasi | Eng yaxshi film | Federico Fellini | Nomzod |
Eng yaxshi xorij aktrisasi | Giulietta Masina | Nomzod | |
Nastro d’Argento | Kumush lenta; Eng yaxshi rejissyor | Federico Fellini | Gʻolib |
Kumush lenta; Eng yaxshi prodyuser | Dino De Laurentis, Karlo Ponti | Gʻolib | |
Kumush lenta; Eng yaxshi hikoya/ssenariy | Dino De Laurentis, Tullio Pinelli | Gʻolib | |
Kinema Junpo mukofotlari, Yaponiya | Chet tilidagi eng yaxshi film | Federico Fellini | Gʻolib |
Nyu-York kino tanqidchilari doirasi mukofotlari | Chet tilidagi eng yaxshi film | Federico Fellini | Gʻolib |
Venetsiya kinofestivali[8] | Kumush sher | Federico Fellini | Gʻolin |
Oltin sher | Federico Fellini | Nomzod |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kezich (2009), 56.
- ↑ Baxter, 105.
- ↑ „AFIPreview21.indd“. Qaraldi: 28-sentabr 2018-yil.
- ↑ Kezich (2006), 406.
- ↑ Ebert. „La Strada“. Ebert Digital LLC. Qaraldi: 2013-yil 6-oktyabr.
- ↑ Kezich (2006), 156
- ↑ „The 29th Academy Awards (1957) Nominees and Winners“. oscars.org. Qaraldi: 24-oktabr 2011-yil.
- ↑ Weiler, A.H.. „La Strada Review“. NY Times (17-iyul 1956-yil). Qaraldi: 25-oktabr 2011-yil.