Kuydirilgan yer taktikasi
Kuydirilgan yer taktikasi – bu urush usuli boʻlib, unda chekinayotgan qoʻshinlar dushman uchun barcha hayotiy zaxiralarni (oziq-ovqat, yoqilgʻi va boshqalar) toʻliq yoki qisman yoʻq qilishi. Sanoat, qishloq xoʻjaligi, fuqarolik maqsadlaridagi kerak boʻladigan har qanday obyektlarni ortidan quvib kelayotgan dushmanlar tomonidan foydalanib, oʻzlariga qarshi ishlatishiga yoʻl qoʻymaslik uchun yoʻq qilib yuborilishi.
„Kuydirilgan yer“ atamasi faqat jangovar harakatlarga nisbatan qoʻllanadi. Bunda chekinayotgan qoʻshinlar dushman uchun eng muhim obyektlarni yoʻq qiladi.
Kuygan yer taktikasini urushda qoʻllash 1977-yilgi Jeneva konvensiyasining 1-sonli Protokolining 54-moddasi bilan taqiqlangan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu boʻlim barcha tarixiy misollardan iborat emas.
Miloddan avvalgi VI-asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu taktikani qoʻllash tarixida maʼlum boʻlgan birinchi voqea, miloddan avvalgi 512-yil atrofida Doro I skiflarning qoʻshini bilan urushidir[1]. Doro I Qora dengiz dashtlarini bosib oldi va „kuydirilgan yer“ atamasi bilan aytilgan taktikani qoʻlladi (qarang. Gerodotning „Tarix“ ning IV kitobi).
XV asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]1474-yil oxirida Usmonli imperiyasi va Moldaviya Knyazligi oʻrtasidagi kurash davrida Rumeli Beylarbeyi Sulaymon Posho boshchiligidagi koʻp sonli Usmonli qoʻshinlari Moldaviya knyazligi hududiga bostirib kirgan. Moldaviya shahzodasi Stefan III „Kuydirilgan yer“ taktikasidan foydalanadi va Vasluyda (1475-yil 10-yanvar) dushmanni magʻlub etishga muvaffaq boʻladi[2].
XVII asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usmoniylar-Safaviylar urushi davrida (1603-1618), Buyuk Abbos I buyrugʻi bilan Safaviylar qoʻshini Ararat vodiysida[3][4] Usmonlilarga qarshi „kuydirilgan yer“ taktikasini qoʻllaydi. Armanlarning shahar va qishloqlarini vayron qildi. Uning buyrugʻi bilan 250 mingdan 300 minggacha armanlar[5][6]Sharqiy Armanistondan Fors hududiga surgun qilingan. Faqat birgina Julfa shahri va uning atrofidagi qishloqlardan 12 ming arman oilasi deportatsiya qilingan[7]. Encyclopedia Iranica taʼkidlaganidek: „Arman xalqi oʻzining koʻp asrlik tarixi davomida hali bunday jiddiy falokatga duchor boʻlmagan edi“. „Kuydirilgan yer“ taktikasi asli Forslarning oʻziga xos taktikasi edi.
XIX asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Napoleon urushlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1810-yilda Napoleonning Portugaliyaga uchinchi yurishlari paytida, portugallar Lissabonga chekinayotganlarida, ularga fransuzlar olishi mumkin boʻlgan barcha oziq-ovqat zaxiralarini yoʻq qilishgan. Bunday chora fransuz qoʻshinlarining talon-torojliklari va avvalgi bosqinlar paytida fuqarolarga nisbatan yomon munosabatda boʻlgani sababli amalga oshirilgan.
Busaka bosib olingandan soʻng Massenaning qoʻshini Koimbraga yoʻl oldi. U yerda eski universitet va shahar kutubxonasining koʻp qismi talon-toroj qilindi, uylar va mebellar vayron qilindi, bir qancha tinch aholi halok boʻldi. Oʻsha paytlari Britaniya askarlari tomonidan talon-toroj qilish holatlari boʻlgan, ammo bunday holatlar odatda tekshirilib, aybdorlar jazolangan. Fransuz qoʻshinlari Lissabon yaqinidagi Torres-Vedra chizigʻiga yetib borganlarida, fransuz askarlari shahar koʻproq choʻlga oʻxshaydi, deb aytishgandi. Massena armiyaning kamayib borayotgan oziq-ovqat zaxiralarini toʻldirishni xohlab, Viseu shahriga yetib kelganida, shahar boʻsh edi va faqat uzum va limon qolgandi. Ulardan koʻp miqdorda foydalanish kaloriya beruvchi manba sifatidagi foydasidan ham koʻra koʻproq tanani kuchsizlantirardi. Askarlarning ruhiyatining tushib ketishi, ochlik, kasallik va intizomsizlik fransuz armiyasini zaiflashtirib, keyingi bahorda orqaga chekinishga majbur qildi.
Amerika fuqarolar urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amerika fuqarolar urushi davrida AQShdagi Sheridan va Sherman boshchiligidagi Ittifoq kuchlari bu taktikani keng qoʻllagan[8]. General Sherman bu taktikani Atlantikaga yurish paytida qoʻllagan. Shermanning maqsadi Konfederatsiya tarafdorlari foydalanishi mumkin boʻlgan ekinlarni va boshqa resurslarni yoqib yuborish yoki yoʻq qilish orqali dushman irodasini sindirish va dushman logistikasini yoʻq qilish edi. Urush davomida uning odamlari sud binosi oldida barcha sud kitoblarini yoqib yubordilar, yirik yer egalari oʻzining oldingi mulklari egasi ekanligini isbotlay olmadilar[9]. Yana bir taktikani qoʻllash voqeasi Sherman qoʻshini oʻttiz olti kun davomida Jorjiya boʻylab harakatlanib, ozgina qarshilik koʻrsatib, qishloq va uning aholisini talon-toroj qilganda sodir boʻldi[10].
Fuqarolar urushi paytida taktikadan foydalanishning boshqa holatlari ham boʻlgani manbalardan maʼlum.
XX asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkinchi Jahon urushi davrida Nemis qoʻshinlari tomonidan tark etilgan sovet hududida koʻplab obʼektlar (fabrikalar, turar-joylar, koʻpriklar, chekka qishloqlar, oziq-ovqat omborlari va yoqilgʻi-moylash materiallari, temir yoʻllar va boshqalar) yoʻq qilindi[11][12]. Natsistlar tomonidan "kuydirilgan yer" taktikasi ommaviy ravishda ishlatilgan. 1941-yilda, Moskva yaqinidagi sovetlar qarshi hujumi paytida, natsistlar shunday buyruq chiqardi: "barcha qishloqlar va qishloqlar aholi haqida oʻylamasdan yoqib yuborilishi va yoʻq qilinishi kerak.[13]. 1943-yil yozidan boshlab, SSSR hududidan chekinish paytida Vermaxt „kuygan er“ taktikasini toʻliq ishlatgan. Yuz minglab tinch aholi majburan olib ketildi, infratuzilma va boshqa boyliklar yoʻq qilindi. Faqat choʻl boʻlib qolgan hududlar qoldi[14].
Vyetnam urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Kuygan yer“ taktikasining eng yirik va mashhur qoʻllanishi Vyetnamda boʻlgan. Vyetnam urushi paytida AQSh armiyasi tomonidan Laos va Janubiy Vyetnamdagi junglilarni yoʻq qilish uchun oʻtkazilgan „Ranch Hand operatsiyasi“[15] da oʻtkazilgan.
Fors koʻrfazi urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yilda Fors koʻrfazi urushi paytida, Iroq qoʻshinlari Quvaytdan chiqarib yuborilganda, ular Quvaytning 600 dan ortiq neft quduqlariga oʻt qoʻyishgandi va bu „kuydirilgan yer“ taktikasining yorqin namayondasi boʻldi. 1991-yil fevral oyining oxiriga kelib, Iroq qoʻshinlarini olib chiqish rejalashtirilib, iroqliklar kuniga yuzta neft qudugʻini portlatib yubordilar. Oʻt qoʻyish 1991-yil yanvardan fevralgacha davom etdi va 1991-yil noyabr oyida oxirgi yonayotgan quduq oʻchirildi[16].
Jamiyatning „kuydirilgan yer“ taktikasiga boʻlgan hozirgi pozitsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1977-yilgi Jeneva konvensiyalarining I protokolida harbiy harakatlar jarayonida tinch aholi uchun oziq-ovqat va ichimlik suvi taʼminoti va manbalarini yoʻq qilishni taqiqlandi.
Tinch aholining omon qolishi uchun zarur boʻlgan narsalarga hujum qilish yoki yo'q qilish, eksport qilish yoki yaroqsiz holga keltirish taqiqlanadi. Masalan, oziq-ovqat zaxiralari, oziq-ovqat ishlab chiqaradigan qishloq xo'jaligi hududlari va korxonalari, ekinlar, chorva mollari, ichimlik suvi ta'minoti uchun inshootlar va ularning zaxiralari, shuningdek sug'orish inshootlariga zarar yetkazish taqiqlanadi.
Shunga qaramay, „kuygan yer“ taktikasini qoʻllash holatlari hanuzgacha qayd etilib kelinmoqda.
Yuqoridagi aytib oʻtilgan 1- sonli Protokolni hali ratifikatsiya qilmagan davlatlar qatorida AQSh, Isroil, Eron, Pokiston[17] kabi davlatlar bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 516, 514 g. do n. e.: est raznie obosnovaniya sravnitelno blizkix dat.
- ↑ А.О. Чубарьян. История Европы. Том 2. Средневековая Европа. Глава V.
- ↑ Аракел Даврижеци „4“, . Книга историй. Перевод с армянского.. М.: Главная редакция восточной литературы издательства «Наука», 1978.
- ↑ Armenian Merchants of the Seventeenth and Early Eighteenth Centuries: English East India Company Sources. Philadelphia: American Philosophical Society, 1998. ISBN 9780871698858.
- ↑ George A. Bournoutian „Eastern Armenia from the 17th Century to the Russian Annexation“, . The Armenian People from Ancient to Modern Times. Palgrave Macmillan, 1997 — 81—107-bet. ISBN 0312101686.
- ↑ George A. Bournoutian „Armenian“, . An Ethnohistorical Dictionary of the Russian and Soviet Empires. Westport, Conn.: Greenwood press, 1994. ISBN 9780313274978.
- ↑ Mesrovb Jacob Seth. Armenians in India, from the Earliest Times to the Present Day: A Work of Original Research. New Delhi: Asian Educational Services, 2005. ISBN 9788120608122.
- ↑ Lichnie memuari Granta Uliss, glava XXV: „supplies within the reach of Confederate armies I regarded as much contraband as arms or ordnance stores. Their destruction was accomplished without bloodshed and tended to the same result as the destruction of armies. I continued this policy to the close of the war. Promiscuous pillaging, however, was discouraged and punished. Instructions were always given to take provisions and forage under the direction of commissioned officers who should give receipts to owners, if at home, and turn the property over to officers of the quartermaster or commissary departments to be issued as if furnished from our Northern depots. But much was destroyed without receipts to owners, when it could not be brought within our lines and would otherwise have gone to the support of secession and rebellion. This policy I believe exercised a material influence in hastening the end.“(ingl.)
- ↑ „Sherman's March to the Sea“. sciway3.net. Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.(Inglizcha)
- ↑ „General Sherman's March to the Sea“. www.sonofthesouth.net. Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.(Inglizcha)
- ↑ World War II: Invasion of the Soviet Union, 1941. Encyclopedia Britannica.(ingl.)
- ↑ K Voprosu O Taktike Vijjennoy Zemli
- ↑ Paul Karel. Vostochniy Front „Vijjennaya Zemlya“.str 397 – Dokument 4.
- ↑ „Масштабная тактика «выжженной земли»“. 2020-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
- ↑ Stellman, Jeanne; et al. "The extent and patterns of usage of Agent Orange and other herbicides in Vyetnam". Nature 422 (6933): 681—687. (2003 g.)(ingl.)
- ↑ Wellman, Robert Campbell „"Iraq and Kuwait: 1972, 1990, 1991, 1997." Earthshots: Satellite Images of Environmental Change“. U.S. Geological Survey (1999-yil 14-fevral). 2002-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-iyul.(Inglizcha)
- ↑ Protocol Additional to the Geneva Conventions of 12 August 1949, and relating to the Protection of Victims of International Armed Conflicts (Protocol I), 8 June 1977.(ingl.)