Kushka
Qiyofa
(Kushkdan yoʻnaltirildi)
Kushka | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 277 |
Suv sarfi | 3,52 m³/s |
Davlat | Turkmaniston va Afgʻoniston |
Kushka yoki Gushgy (turkmancha: Guşgy[1]) — Afgʻoniston va Turkmanistondagi daryo. Murgʻob daryosining eng yirik chap irmogʻi. Paropamiz togʻ tizmasining shimoliy tarmoqlaridan boshlanadi. Oʻz. 277 km (shundan qariyb 150 km Afgʻoniston hududida), havzasining maydoni 10,7 ming km². Atmosfera yogʻinlari va qor erishidan toʻyinadi. Yozda qurib qoladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyilish joyida 3,52 m³/sek. K. vodiysida Sarhadobod shahri joylashgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mary welaýat taryhy we ülkäni öwreniş muzeýi“. www.marymuseum.gov.tm. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |