Kontent qismiga oʻtish

Kusayyir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kusayyir
Tavalludi
Kusayyir ibn Abdurahmon

taxminan 660
Vafoti taxminan 723
Ijod qilgan tillari Arab

Kusayyir ibn Abdurahmon (arabcha: كثير بن عبد الرحمن) (taxminan 660 – taxminan 723; Kusayyir Azza (arabcha: كثيّر عزّة) nomi bilan tanilgan) – umaviylar davrida yashagan arab shoir. Azd qabilasidan[1]. Madinada tugʻilgan, Hijoz va Misrda istiqomat qilgan. Sheʼrlarida asosan Azza ismli oilali bir ayolga nisbatan amalga oshmagan sevgisi haqida yozgan. Valiy Abdulaziz ibn Marvon va xalifalar Abdulmalik ibn Marvon, Umar ibn Abdulaziz va Yazid II bilan tanish boʻlgan[2]. Shialikning hozirda mavjud boʻlmagan Kaysaniya oqimi izdoshlaridan biri sifatida tilga olinadi[3].

  1. Ibn Khallikan. wafayat alayan p. 524. alwarraq edition.
  2. Starkey and Meisami. Encyclopedia of Arabic Literature, Routledge, 1998.
  3. Michael G. Morony Iraq After the Muslim Conquest. p. 491-492.