Kozimjon Turdialiyev
Kozimjon Turdialiyev – Sharqshunos-tarixchi-arabshunos, tarix fanlari nomzodi. 1950-yil Andijon viloyatining Izboskan tumanida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1971-yil bitiruvchisi.
1972-yildan Iroq Respublikasidagi sovet mutaxassislari guruhida tarjimon; 1975-yildan OʻzFA SHIda katta laborant, aspirant (1976 – 79), ilmiy xodim; 1982 – 1984-yillarda Toshkentda KPSS MK Ilmiy ateizm institutida katta ilmiy xodim; 1984 – 1987-yilda Janubiy Yaman Yoshlar Ittifoqi Markaziy komitetida maslahatchi, Adan shahridagi yosh kadrlar oliy maktabida oʻqituvchi; 1987 – 1991-yillar Oʻzbekiston KP MK mafkura boʻlimida lektor, maslahatchi, Respublikalararo ilmiy ateizm instituti Toshkent filialida boʻlim mudiri; 1991-yildan Andijon viloyati ijroiya komiteti, keyinroq esa viloyat hokimiyati xodimi. 1994-yildan viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi raisining oʻrinbosari; Ayni vaqtda oʻrindoshlik asosida Andijon iqtisod va boshqaruv institutida katta oʻqituvchi;
Ilmiy yoʻnalishi – dinshunoslik, siyosatshunoslik. Rus, oʻzbek va arab tillarida yozilgan 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi (Moskva, Yerevan, Dushanbe – 1988).
Asosiy ilmiy ishlari:
Nomz. diss. mavzusi: “Hozirgi Iroqda shiyʼalar va shiyʼa ruhoniylari”. – T., 1981.
1. Nekotorыe osobennosti obщestvenno-politicheskogo razvitiya Irakskoy Respubliki // Tez. dokl. Vsesoyuznoy konferensii arabistov. – Yerevan, 1979.
2. Konsepsiya islamskogo obщestva v vozzrenii shiitskoy ideologii // Islam i politika. ION SK KPSS. – M., 1980.
3. Oppozitsiya v lirike Abu Numea // Sb.nauch trudov TashGU. –№ 589.Vostokovedeniye. T., 1981. – 78–86.
4. Eron – Iroq mojarosiga doir. – Toshkent, 1981. – 24 b. – hammualliflikda.
5. Oyni etik bilan yopib boʻlmas // Sharq yulduzi. – Toshkent, 1982. – №3. – B.145 – 148. – hammuall.
6. Yoshlar ovozi. Xorijiy Sharq mamlakatlaridagi yoshlar harakati. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1985. – 123 b. – E. Boboyeva bilan hammualliflikda.
7. Hozirgi Iroqda shiyʼalik va shiyʼa ruhoniylari. – T.: Fan, 1986. – rus tilida.
8. Oʻrta Osiyo ayollar harakatida yoshlar tashkilotining ishtiroki tajribasidan // Ash Shabab al-Arabi. – Aden, 1986. – №7. – arab tilida.
9. Ateistik tarbiya va uni qayta qurish muammolari. – Toshkent, 1990.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |