Kontent qismiga oʻtish

Korotkov tovushlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Birinchi) Korotkov tovushiga asoslangan auskultatsiya usuli yordamida qon bosimini o'lchash

Korotkov tovushlari - bu tibbiy xodimlar noinvaziv usul yordamida qon bosimini o'lchayotgan vaqtda eshitadigan tovushlar. Ularga ushbu tovushlarni 1905-yili Rossiya imperiyasining Sankt-Peterburgdagi Imperial Tibbiyot Akademiyasida ishlash vaqtida kashf qilgan rus shifokori Nikolay Korotkovning nomi berilgan.[1][2]

Qon bosimini o'lchash paytida eshitiladigan tovushlar klapanlarning qarsillab yopilishiga bog'liq bo'lgan, qorinchalar ichidagi vibratsiyalar natijasida paydo bo'ladigan yurak tovushlari bilan bir xil emas. Normal (arterial kasalligi yo'q) odamning bilak chuqurchasiga yelka arteriyasining ustiga fonendoskop qo'yilsa, hech qanday tovush eshitilmaydi.[3] Yurak urishi bilan puls tomirlar bo'ylab laminar (turbulent bo'lmagan) qon oqimi bilan arteriyalar bo'ylab silliq uzatiladi va hech qanday tovush hosil bo'lmaydi. Shunga o'xshash, agar tonometrning manjeti bemor qo'lining yuqori qismiga o'ralsa va bemorning sistolik qon bosimidan yuqori bosim bilan to'ldirilsa, eshitiluvchi hech qanday tovush bo'lmaydi. Buning sababi, manjetdagi bosim qon oqimini to'liq yopib qo'yadigan darajada yuqori bo'ladi. Bu xuddi ichiga suyuqlik to'ldirilgan egiluvchan trubka yoki shlangni siqishga o'xshaydi.

Agar bosim bemorning sistolik qon bosimiga teng darajaga tushirilsa, birinchi Korotkov tovushi eshitiladi. Manjetdagi bosim yurak hosil qiladigan bosim bilan bir xil bo'lgani uchun, sistola paytida arteriyadagi bosim ko'tarilgan vaqtda qonning bir qismi qo'lning yuqori qismidan oqib o'tadi. Bu qon arteriyadagi bosim manjet bosimidan ko'tarilganda tez oqadi va manjetadan keyin bosim past sohaga o'tadi,natijada turbulentlik paydo bo'ladi va u eshitiladigan tovush hosil qiladi.

Manjetdagi bosim yanada pasaytirib borilsa, toki manjetadagi bosim sistolik va diastolik bosimlar oralig'ida ekan, ushbu tovushlar eshitilaveradi, chunki arterial bosim manjetdagi bosimdan ko'tarilib va tushishda davom etadi.

O'z o'rnida, manjetdagi bosim pasaygan sari tovushlar sifati o'zgarib boradi, pasayadi va oxiri umuman yo'qoladi. Buning sababi shundaki, manjet ichidagi bosim diastolik qon bosimidan pastga tushgan paytda, u endi qon oqimiga hech qanday qarshilik qilolmaydi, bu esa qon oqimining yana turbulentliksiz, sokin bo'lishiga imkon yaratadi, bu esa eshitiladigan tovush hosil qilmaydi.

Beshta Korotkov tovushlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Korotkovning besh tovushi:[4]

  1. I faza: Zaif, takrorlanuvchi, aniq eshitiladigan tovushlarning birinchi paydo bo'lishi, ularning kamida ikki marta ketma-ket keluvchi zarbda intensivligining asta-sekin oshib borishi bu sistolik qon bosimi.
  2. II faza: Tovushlar yumshaydigan va vishillovchi xarakterga ega bo'ladigan qisqa davr kuzatilishi mumkin.
  3. III faza: I faza tovushlarining intensivligi darajasidagi yoki hatto undan yuqori darajadagi qarsillovchi, o'tkir tovushlarning qaytishi.
  4. IV faza: tovushlarning sezilarli pasayib, yumshoq va suzuvchi sifatli bo'lib qolishi.
  5. V faza: Nihoyat, barcha tovushlar butunlay yo'qoladigan nuqta diastolik bosimdir.

Ikkinchi va uchinchi Korotkov tovushlarining klinik ahamiyati ma'lum emas.[5]

Ba'zi bemorlarda tovushlar II va III fazalar orasida qisqa vaqtga umuman yo'qolishi mumkin, bu auskultativ bo'shliq deb ataladi.

Sistolik va diastolik qon bosimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

An'anaga ko'ra sistolik qon bosimi birinchi Korotkov tovushi birinchi marta eshitilgan paytdagi bosim deb qabul qilingan va diastolik qon bosimi bu to'rtinchi Korotkov tovushi arang eshitiladigan bosimdir. Ammo yaqinda diastolik qon bosimi sifatida beshinchi Korotkov tovushidan (ya'ni sukunatdan) foydalanishga o'tish boshlandi, chunki buni aniqlash qulayroq deb hisoblanmoqda.[6]

Pediatriya uchun diastolik bosim ko'rsatkichi sifatida to'rtinchi yoki beshinchi Korotkov tovushining auskultatsiyasidan foydalanish to'g'risida tortishuvlar bo'lgan. Amaldagi klinik amaliyot yo'riqnomalarida beshinchi Korotkov tovushidan foydalanish tavsiya etiladi (ammo agar u aniqlanmaydigan bo'lsa, to'rtinchisidan foydalaniladi).[7][8]

Birinchi Korotkov tovushining o'rtacha vaqt ko'rsatkichi yurak sistolasining ishonchli markeri hisoblanadi. To'rtinchi Korotkov tovushining o'rtacha vaqt ko'rsatkichi esa yurak diastolasining ishonchli bosim markeri hisoblanadi.

  • Auskultativ bo'shliq
  • Puls bosimi
  1. Roy Porter. The Cambridge Illustrated History of Medicine. Cambridge University Press, 30-iyul 2001-yil — 141-bet. ISBN 978-0-521-00252-3. 
  2. "90th Anniversary of the development by Nikolai S. Korotkov of the auscultatory method of measuring blood pressure". Circulation 94 (2): 116–8. 1996. doi:10.1161/01.CIR.94.2.116. PMID 8674166. http://circ.ahajournals.org/content/94/2/116.extract. 
  3. Jules Constant. Bedside Cardiology. Lippincott Williams & Wilkins, 1999 — 44-bet. ISBN 978-0-7817-2168-4. 
  4. Beevers, Gareth; Lip, Gregory; O’Brien, Eoin (28-aprel 2001-yil). "ABC of hypertension: Blood pressure measurement. Part II-conventional sphygmomanometry: technique of auscultatory blood pressure measurement.". BMJ 322 (7293): 1043–1047. doi:10.1136/bmj.322.7293.1043. PMID 11325773. PMC 1120188. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1120188. 
  5. Pickering, Thomas G.; Hall, John E.; Appel, Lawrence J.; et al. (2005), „Recommendations for Blood Pressure Measurement in Humans and Experimental Animals: Part 1: Blood Pressure Measurement in Humans: A Statement for Professionals From the Subcommittee of Professional and Public Education of the American Heart Association Council on High Blood Pressure Research“, Hypertension, 45 (5): 142–61, doi:10.1161/01.HYP.0000150859.47929.8e, PMID 15611362.
  6. editor Julie Munden. Best Practices: Evidence-Based Nursing Procedures, 2nd, Lippincott Williams, 2006. ISBN 1-58255-532-X. 
  7. "Clinical practice guideline for screening and management of high blood pressure in children and adolescents". Pediatrics 140 (3): e20171904. 2017. doi:10.1542/peds.2017-1904. PMID 28827377. http://pediatrics.aappublications.org/content/140/3/e20171904. 
  8. "2016 European Society of Hypertension guidelines for the management of high blood pressure in children and adolescents". Journal of Hypertension 34 (10): 1887–920. 2016. doi:10.1097/HJH.0000000000001039. PMID 27467768. http://eprints.gla.ac.uk/121757/1/121757.pdf.