Auskultatsiya
Qiyofa
Auskultatsiya (lotincha auscultatio – eshitish) – Ichki aʼzolarda yuzaga keladigan tovushlarni eshitib, ular faoliyatini va holatini tekshirish usuli. Masalan, yurak urishini eshitib, uning sogʻ yoki kasalligini aniqlash. Auskultatsiyada badanning tegishli qismiga shifokor quloq tutadi (bevosita Auskultatsiya) yoki maxsus asboblar (stetoskop, fonendoskop yoki stetofonendoskop) qoʻyib eshitib koʻradi (bilvosita Auskultatsiya). Auskultatsiya tibbiyot amaliyotida yurak, oʻpka, qon tomir kasalliklarini, shuningdek qon bosimini aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ссылки
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Auskultatsiya haqida turkum mavjud |
- Аускультация (Wayback Machine saytida 2013-05-01 sanasida arxivlangan)
- Схема проведения аускультации[sayt ishlamaydi]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |