Kontent qismiga oʻtish

Konstantin Urjunsev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konstantin Urjunsev
Tavalludi 24-dekabr 1908-yil
Toshkent
Vafoti 4-mart 1977-yil
Kiyev
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari aviatsiya
Xizmatdagi yillari 19301955
Urjunsev Konstantin Isaakovich
Urjuntsev Konstantin Isaakovich

Konstantin Isaakovich Urjunsev (1908-yil 24-dekabr, Toshkent – 1977-yil 4-mart, Kiyev) – Sovet harbiy uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Ulugʻ Vatan urushi yillarida, 171-chi gvardiya bombardimonchi aviatsiya polkining eskadron komandiri. 18-havo armiyasining gvardiya mayori. Tu-4 bombardimonchi samolyoti ekipaji qoʻmondoni, birinchi boʻlib yadroviy qurolni portlatish bilan shugʻullangan.

Konstantin Urjunsev 1908-yil 24-dekabrda Toshkent shahrida dehqon oilasida tavallud topgan. 1931-yildan KPSS aʼzosi. U oʻrta maktabning yetti sinfini tamomlagan. Konstantin 1930-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Kichik aviatsiya mutaxassislari maktabini, 1936-yilda Odessa harbiy uchuvchilar maktabini tamomlagan. Sovet-fin urushi qatnashchisi.

Konstantin Isaakovich 1941-yil avgustdan Ulugʻ Vatan urushi janglarida qatnashgan. 1945-yil may oyiga kelib fashist qoʻshinlarini bombardimon qilish uchun 208 marta parvoz qilgan va dushmanga katta zarar yetkazgan.

1948-yil 23-fevralda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining farmoni bilan qoʻmondonlik topshiriqlarini namunali bajargani, gvardiyaning jasorati va qahramonligi uchun mayor Konstantin Isaakovich Urjuntsev Lenin ordeni, „Zolotaya Zvezda“ medali va Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[1].

Urjunsev 1948-yilda Oliy Ofitserlik uchish taktikasi maktabini tamomlagan. Shundan soʻng Qrimdagi 71-maxsus poligonga xizmatga oʻtkazilgan[2].

Podpolkovnik Urjunsev 1955-yil 24-iyuldan beri zaxirada. U „Stroydormash“ zavodida sifat nazoratchisi boʻlib ishlagan. Kiyevda yashagan va 1977-yil 4-martda vafot etgan. Kiyevdagi Lukyanovskoe harbiy qabristoniga dafn qilingan.

Konstantin Urjunsev 1940-yil „Jasurlik uchun“, 1944-yil „Jangovor xizmatlari uchun“, „Leningrad mudofaasi uchun“ va 1943-yil „Stalingrad mudofaasi uchun“ medallari bilan taqdirlangan[3].

Bixov shahridagi Qahramonlar maydoniga Urjuntsevga atab byust oʻrnatilgan[4].

  1. Куликов С. М. Авиация и ядерные испытания. — М.: ЦНИИатоминформ, 1998. — С. 62—66. — 176 с. — (Документальная литература). — ISBN 5-85165-449-X
  2. Награждён «За успешное испытание ядерной бомбы»
  3. „Указ Президиума ВС СССР от 04.06.1944 о награждении орденами и медалями за выслугу лет в Красной Армии — Викитека“ (ru). ru.wikisource.org. Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr.
  4. „© ГУК «Централизованная библиотечная сеть Быховского района», 2012—2021“. 2021-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-iyun.