Kontent qismiga oʻtish

Konstantin Novikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konstantin Novikov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Konstantin Petrovich Novikov
Tavallud sanasi 21-sentyabr 1961-yil
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 15-iyul 2015-yil(2015-07-15)
(53 yoshda)
Vafot joyi Olmaota, Qozogʻiston
Boʻyi 172 cm (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1978—1984
1985
1987—1988
1989
1990
1992
1992—1993
Sovet Ittifoqi Paxtakor
Sovet Ittifoqi Zvezda (Jizzax)
Sovet Ittifoqi Xonqaliklar
Sovet Ittifoqi Jayhun
Sovet Ittifoqi Nurafshon
Oʻzbekiston Soʻdiyona
Vengriya Solnoki-MAV-MTE
(108 (15)
6 (0)
50 (17)
36 (10)
25 (7)
6 (0)
? (10))
Boshqargan klublari
1995—? Oʻzbekiston Shahrixonchi
Oʻzbekiston Kimyogar (Chirchiq)
Oʻzbekiston Chilonzor
1999 Oʻzbekiston Xorazm
2000 Oʻzbekiston Doʻstlik
2001—? Oʻzbekiston Paxtakor-2
Oʻzbekiston Nurafshon
2008—2010 Oʻzbekiston Nasaf
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Konstantin Petrovich Novikov (21.09.1961, Toshkent, Oʻzbekiston — 2015.15.6, Olmaota, Qozogʻiston) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi, oʻzbek murabbiyi. SSSR sport ustasi.

Futbol bilan 10 yoshidanoq Toshkentdagi respublika sport maktab-internatida shugʻullana boshlagan. U SSSR yoshlar terma jamoasida murabbiy Boris Ignatiyev boshchiligida oʻynagan. 17 yoshdan boshlab „Paxtakor“ning dublida ishtirok etgan. 1979-yilda Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlari Spartakiadasi ishtirokchisi (9-oʻrin).

1978-1984-yillarda „Paxtakor“ tarkibida oliy ligada 108 oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan. Jizzaxning „Zvezda“ (1985), Xonqaning „Xonqaliklar“ (1987-1988), Urganchning „Jayhun“ (1989), Buxoroning „Nurafshon“ klublari tarkibida SSR chempionatining quyi ligalarida oʻynagan. Oʻzbekiston chempionatida 1992-yili „Soʻgʻdiyona“ safida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Petrovich 1992/93-yilgi mavsumda Vengriyaning „Solnoki-MAV-MTE“ klubida oʻynab, faoliyatini yakunlagan.

Shahrixonning „Shahrixonliklar“, Chirchiqning „Kimyogar“ va Urganchning „Xorazm“ jamoalarida bosh murabbiy, Toshkentning „Chilonzor“, „Doʻstlik“ jamoalarida ikkinchi murabbiy, „Paxtakor“ning dublyorida murabbiylik vazifalarini bajargan[1]. Buxoroning „Nurafshon“, Qarshining „Nasaf“ jamoalariga ham ustozlik qilgan[2].

2002-yildan Qaragʻandada yashagan.

U 2015-yil 15-iyun kuni 53 yoshida Olmaota shahrida toʻsatdan yurak xurujidan vafot etgan. Toshkentda dafn etilgan[3].