Kontent qismiga oʻtish

Konsta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konsta

Konsta
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Abdullayev Sharifjon Shokir o‘g‘li
9-sentyabr 1992-yil (1992-09-09) (32 yosh)
Janrlar pop, rep
Kasbi Qoʻshiq yozuvchi, musiqachi
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Veb-sayt konsta.uz

Konsta (asl ismi: Abdullayev Sharifjon Shokir oʻgʻli; 1992-yil 9-sentyabr, Sirdaryo, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik reper. Jamiyatdagi ayrim muammolarga bagʻishlangan musiqalari bilan omma orasida tanilgan[1][2].

1992-yil 9-sentyabrda Guliston shahrida tugʻilgan. Kollejni tugatgach, oilasi bilan birga maʼlum vaqt Guliston shahridagi bozorda ishlab yurgan. Abdullayev 2012-yili Rossiyaga mehnat muhojiri sifatida ketgan[3].

Abdullayev ilk bor 2011-yildan boshlab qoʻshiq yozishni boshlagan[4]. Moskvada ishlab yurgan vaqtlarda Sentr, Guf va Ptaha kabi reperlarga qarashli studiyada ishlovchi xorazmlik yigit orqali oʻz qoʻshiqlarini yozdirgan[4].

2012—2013-yillarda „Koʻchalar guvoh“ qoʻshigʻi orqali oʻz shahrida tanilgan[5]. „Gulim“ taronasi ortidan ancha mashhurlikka erishgan[6]. Bloger Timur Alixonov bilan birga kuylagan „Boy“ treki esa ijodida keskin burilish yasagan. „Ertasi yoʻq“, „Oʻzbegim“, „Utopiya“, „Chumoli“, „Odamlar ucha olar“, „Biz yoʻq joyda“, „Odamlar nima deydi“ kabi jamiyatdagi muammolarga qaratilgan qoʻshiqlar kuylagan[4]. 2022-yil 31-mart kuni Zarafshon konsert zalida birinchi konsertini bergan[7]. Ijodida asosan oʻzbek mehnat muhojirining hayoti va muammolariga eʼtibor qaratib keladi[8].

2023-yil 18-aprel kuni Konsta ijrosidagi „Oʻzbekistonlik“ filmi uchun kuylangan saundtrek klipi YouTube platformasiga joylangan. Klip bir kun ichida 100 000 marta tomosha qilingan[9]. Konsta tomonidan kuylangan „Havo“ nomli qoʻshiq hamda klipda Toshkent shahri ob-havosining buzilishi, shuningdek, ekologik inqiroz bilan bogʻliq jarayonlar ochib berilgan[10][11][12][13][14][15]. Konsta 2023-yil 9-sentyabr kuni „Kulrang“ albomidagi „Jonga tegdi“ qoʻshigʻiga olinga klipini eʼlon qildi. Bu qoʻshigʻi orqali Konsta bir xil qolipga tushib qolgan televideniye va sanʼat haqida kuylagan[16].

Nomi Chiqarilgan yili Albomda joy olgan qoʻshiqlar
Alximik[17] 2020-yil
  1. Santa
  2. Chekish oʻldiradi (Abbose bilan duet)
  3. Uchaman
  4. Moʻjizalar
  5. Qayiq (SherAmigo bilan duet)
  6. Layli (Dilnoz bilan duet)
  7. Izladim
Biz yoʻq joyda[18] 2021-yil
  1. Utopiya
  2. Biz yoʻq joyda
  3. Dushman
  4. Orzularing qani
  5. Odamlar ucha olar
  6. Asragin
  7. Oʻzinga ishon
  8. Million
  9. Hamma narsam
Inson[19] 2022-yil
  1. Oson
  2. Nafs
  3. Odamman
  4. Osmondagi oyim
  5. Bitta soʻz
  6. Just be inson
  7. Odam boʻlish
  8. Odamcha
  1. „Репер Конста: Рэперман десанг, «You-you» қиласанми дейишади. Шоу- бизнес, эстрада 70-80% мусиқаси репдаги 5 та «трек»чалик маъноли бўла олмайди! (+Катта интервью)“ (2022-yil 22-iyul). 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-dekabr.
  2. „O‘zbek rep evolyutsiyasi vakillari: Konsta, Timur Alixonov va boshqa reperlar ijodini qanday boshlagan?“.
  3. „Конста рэпер Минор билан муносабатлари қандайлигини айтди“ (2022-yil 24-yanvar). 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-dekabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Ижодлари ксерокопия эмас“ (2022-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  5. „«Ko'chalar guvoh» – Konstani tanitgan tarona“. 2023-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  6. „Estrada oʻrnini repga boʻshatib beryaptimi? Maishiy mavzulardan uzoq, ijtimoiylashib borayotgan oʻzbek repining bugungi qiyofasi“. 2023-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  7. „Концерт Konsta“ (2022-yil 29-mart). Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  8. „Odamlar hech qachon o‘lmaydigandek yashaydilar – Konsta qanday kitoblarni tavsiya qiladi“ (2022-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  9. uz, Daryo „Konsta ijrosidagi “O‘zbekistonlik” saundtreki bir kunda qariyb 100 ming marta ko‘rildi“ (uz-latn). Daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  10. uz, Daryo „Конста экологик муаммоларга бағишланган “Ҳаво” номли қўшиқ ва клипини тақдим этди (видео)“ (uz). Daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  11. „Конста «Ҳаво» номли қўшиғига клип“ (ru-RU). Bugun.uz (2023-yil 5-iyul). 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  12. „KRuz.uz |Rәsmiy kanal“. Telegram. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  13. „«Не могу вдохнуть полной грудью»: Konsta выпустил клип о качестве воздуха в Ташкенте - Срочные новости Узбекистана: Repost.uz“ (ru). Repost. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  14. „«Не могу вдохнуть полной грудью». Konsta выпустил клип о качестве воздуха в Ташкенте“ (ru). Газета.uz (2023-yil 25-iyun). Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  15. „Konsta ekologik muammolarga bag‘ishlangan “Havo” nomli qo‘shiq va klipini taqdim etdi – ShouBiz — Юлдузлар билан ёнма-ён!“. shoubiz.uz. 2023-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  16. „Konsta televideniye sanoati haqida “Jonga tegdi” klipini e’lon qildi — Toshkent Afishasi“ (uz-Latn). www.afisha.uz (2023-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
  17. „Alhimik. Konsta“. 2022-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  18. „Biz yoʻq joyda. Konsta“. 2023-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  19. „Inson. Konsta“. 2022-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.