Kontent qismiga oʻtish

Kompyuterda yaratilgan tasvir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kompyuterda yaratilgan tasvir (inglizcha: Computer-generated imagery; qisqartmasi CGI) uch oʻlchovli (3D) grafika yordamida yaratilgan tasvir boʻlib, asosan tasviriy sanʼat, videooʻyinlar, simulatorlar, kompyuter animatsiyasi va VFXda ishlatiladi. Bunda, tasvirlar dinamik yoki statik boʻlishi bilan bir qatorda ikki oʻlchovli (2D) boʻlishi ham mumkin (garchi „CGI“ atamasi odatda film va televideniyeda personajlar va maxsus effektlar yaratishda 3D-grafikadan foydalanishga shama qilsa-da).

CGIdan foydalangan ilk toʻliq metrajli film 1973-yilda chiqarilgan Westworld filmi boʻlgan.[1]