Komiljon Ernazarov
Komiljon Ernazarov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1984 Sirdaryo viloyati |
Siyosiy partiyasi | O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi |
Taʼlim | Toshkent moliya instituti |
Komiljon Ernazarov Yo'ldoshalievich (tug'. 1984-yil 20-fevral, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani) - o'zbek siyosatchisi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Komiljon Ernazarov 1984-yil 20-fevralda Sirdaryo viloyati Sirdaryo viloyatida tug'ilgan[1]. 2004-yilda Toshkent moliya institutini sug'urtalovchi mutaxassisligi bo'yicha, 2010-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan[2]. Mehnat faoliyatini 2005-yilda Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasining etakchi mutaxassisi sifatida boshlagan.
2005-2007-yillarda - etakchi iqtisodchi, ijtimoiy sohani moliyalashtirish va aholini ijtimoiy himoya qilish bo'limi boshlig'i, byudjet inspektsiyasi boshlig'i.
2008-2010-yillarda - Guliston shahar G'aznachiligi bo'limi boshlig'i[3].
2010-2012-yillarda - Moliya bo'limi boshlig'ining o'rinbosari - Xalq ta'limi muassasalarini moliyalashtirish bo'limi boshlig'i.
2012—2013-yillarda - Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i.
2013-2014-yillarda - Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i.
2014-2015-yillarda - Sirdaryo viloyati iqtisodiyotining bosh boshqarmasi boshlig'i[2].
2018-2020-yillarda - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog'lig'ini muhofaza qilish qo'mitasi a'zosi[2].
2020-yildan buyon Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo'mitasi a'zosi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „arxiv nusxasi“. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 https://centrasia.org/person2.php?st=1603477039
- ↑ https://elections.uz/ru/lists/candidates?page=19