Komil Rashidov
Komil Qayumovich Rashidov | |
---|---|
Fayl:Komil Rashidov.jpg | |
Oʻzbеkistоnning Qirgʻizistondagi elchisi | |
Mansab davri 2013-yil 11-yanvardan – 2019-yil 27-avgustgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ziyodulla Poʻlatxoʻjayev |
Vorisi | Xurshid Mirzohidov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-yanvar 1964-yil Samarqand |
Komil Qayumovich Rashidov — oʻzbek diplomati, yuridik fanlar doktori, professor. 2013-2019-yillarda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi. 2012-2013-yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lgan[1].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1964-yil 21-yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan.
1986-yilda Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori, professor.
1986-1991 — Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi.
1991-1994 — Toshkent davlat yuridik instituti aspiranti.
1994-1995 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻqituvchisi.
1995-1997 — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro huquq boshqarmasi boshlig‘i.
1997-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining konsultanti.
2000-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Qonunchilik va xalqaro-huquqiy munosabatlar bo‘limi mudiri.
2000-2004 — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati qo‘mitalar bilan ishlash bo‘limi mudirining o‘rinbosari.
2004-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yuridik boshqarmasi boshlig‘i.
2012-2013 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
2013-2019 — Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi.
2019-2020 — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — O‘zbekiston Respublikasining xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i[2].
2020-yil 27-avgustdan hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yuridik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda[3].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, ikki farzandi bor.
Qizi — Saida Rashidova, bolalar yozuvchisi, tarjimon va bloger[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Министерство иностранных дел Республики Узбекистан“. 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
- ↑ „Комил Рашидов назначен советником премьер-министра“ (ru).
- ↑ „Комил Рашидов назначен начальником Договорно-правового управления МИД“ (ru).
- ↑ „Из бухгалтера в детского писателя. Саида Рашидова о смене жизненного курса и обретении себя“.