Xurshid Mirzohidov
Xurshid Mirsobirovich Mirzohidov | |
---|---|
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi | |
Mansab davri 2017-yil 3-fevraldan – 2017-yil 3-avgustgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Oripov |
Oʻtmishdoshi | Alisher Xoʻjayev |
Vorisi | Bobur Alixonov |
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vaziri | |
Mansab davri 2015-yildan – 2017-yilgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Sherzod Shermatov |
Oʻzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish davlat qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2012-yil 3-fevraldan – 2012-yil 3-avgustgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | lavozim bekor qilingan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
25-iyul 1971-yil Toshkent |
Mukofotlari |
Xurshid Mirsabirovich Mirzaxidov (1971-yili Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbek davlat arbobi. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi (2017-yil 3-fevraldan 3-avgustgacha)[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan. Mutahassisligi radioaloqa, radioeshittirish va televideniye muhandisi. 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining oliy biznes maktabini biznesni boshqarish magistri unvoni bilan tamomlagan.
1994—1999-yillari aloqa va axborotlashtirish sohasidagi korxonalarda turli lavozimlarda ishlagan (Aloqa vazirligi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi).
1999-yildan 2001-yilgacha Pochta va telekommunikatsiyani rivojlanishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining moliya boʻlimi boshligʻi va Jamgʻarmaning direktori.
2001-yildan 2002-yilgacha „Oʻzbektelekom“ AK Bosh direktori oʻrinbosari.
2002—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aloqa va axborot texnologiyalari kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri.
2003—2004-yillarda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori oʻrinbosari lavozimini egallagan.
2004-yilning sentyabridan dekabriga qadar „Oʻzbektelekom“ AK Bosh direktori oʻrinbosari.
2004-yildan 2006-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri.
2006-yildan 2009-yilgacha „Oʻzprommashimpeks“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi. 2009-2010-yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari.
2010-yil noyabrdan 2012-yil fevral oyiga qadar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari. 2012-yil fevraldan oktyabr oyiga qadar bosh direktori.
2012-yil oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi[2].
2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vaziri.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-fevraldagi qarori bilan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlandi. 3-avgust kuni ishdan boʻshatib yuborilgan. 1-noyabr kuni Oʻzbekiston avtomobil yoʻllar davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi[3].
2020-yil 30-apreldan Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ MTRK raisi ishdan olindi
- ↑ Rahbariyat | Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi rasmiy sayti[sayt ishlamaydi]
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2017-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-noyabr.