Kontent qismiga oʻtish

Kolumbus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KolumbusAQShning shim.sharqiy qismidagi shahar, Ogayo shtatining maʼmuriy markazi. Sayoto daryosi sohilida joylashgan. Aholisi 711,4 ming kishi (2000). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat, savdo-moliya va madaniy markaz. Metallsozlik va mashinasozlik (jumladan, radioelektronika, elektrotexnika, vagonsozlik, qishloq xoʻjaligi va aviakosmik mashinasozligi va boshqalar) rivojlangan. Kimyo, poligrafiya va oziq-ovqat (asosan, goʻsht sanoati) korxonalari, universitet bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1812-yilda asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil