Radioelektronika
Radioelektronika — fan va texnikaning radiochastotali elektromagnit tebranishlar va toʻlqinlardan foydalangan holda axborotlarni uzatish va oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan sohalari umumiy nomi. Ulardan asosiylari — radiotexnika va elektronika. R. telegraf, telefon, fototelegraf aloka, radioeshittirish, televideniye, radiolokatsiya, radioastronomiya, elektron avtomatika, hisoblash va boshqarish mashinalari, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari, tibbiyotda fizioterapiya va tashhis usullarni keng miqyosda qoʻllash, kosmik qurilmalar va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
20-asr boshlarida radiolampalarning takomillashishi, triod lampasining yaratilishi elektr tebranishlarni hosil qiluvchi va kuchaytiruvchi radioelektron qurilmalar yaratish imkonini berdi. Keyinchalik elektr tebranishlarning chastota sohasi oshiriladigan koʻp elektrodli — tetrod, pentod, geksod va geptod radiolampalari yaratildi. Vakuum texnikasinsnt taraqqiyoti natijasida fotoelement yasaldi, uning yordamida esa ovozli kino paydo boʻldi. 50yillarga kelib, yarimoʻtkazgichlar elektronikasi tez tarak,qiy etishi bilan yarimutkazgichli asboblar — diod va triod (tranzistor)lar asosida ishlaydigan ixcham hamda qulay radioelektron qurilmalar yaratildi.
Texnika taraqqiyoti va kosmik fazoni zabt etish vazifalariga oid ehtiyojlarni krndirish uchun yangi mikrosxemalar (qarang Mikroelektronika) yaratildi. Bundagi aktiv elementlar — yarimutkazgichli diod va tranzistorlar oʻta mitti shaklda yasalib, passiv elementlar — rezistor (karshilik) va kondensatorlar vakuumda yupqa metall pardalar hosil qilish usuli bilan tayyorlanadi va ular juda kichik satxda montaj qilinadi. Mikroelektronikada mikrosxema elementlarining zichligi juda katta (1sm³ ga 300 — 400 detal toʻgʻri keladi).
Fanning turli sohalari asosida R.ning yangi tarmoqlari — kvant elektronika, optoelektronika, tranzistorlar elektronikasi, mikroelektronika, kriogen elektronikasi, dielektriklar elektronikasi, moletronika, bionika, elionika va ionika vujudga keldi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |