Kolinda Grabar-Kitarović
Kolinda Grabar-Kitarović | |
---|---|
Xorvatiya Prezidenti | |
Mansab davri 2015-yil 19-fevraldan – 2020-yil 19-fevralgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Zoran Milanović Tihomir Orešković Andrej Plenković |
Oʻtmishdoshi | Ivo Josipović |
Vorisi | Zoran Milanović |
NATO Bosh kotibining oʻrinbosari | |
Mansab davri 2011-yil 4-iyuldan – 2014-yil 2-oktyabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Stefanie Babst (v. b.) |
Vorisi | Ted Whiteside (v. b.) |
Xorvatiyaning AQShdagi elchisi | |
Mansab davri 2008-yil 8-martdan – 2011-yil 4-iyulgacha | |
Oʻtmishdoshi | Neven Jurica |
Vorisi | Vice Skračić (v. b.) |
Xorvatiya tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 2003-yil 23-dekabrdan – 2008-yil 12-yanvargacha | |
Hukumat boshligʻi | Ivo Sanader |
Oʻtmishdoshi | Miomir Žužul |
Vorisi | Gordan Jandroković |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Kolinda Grabar 29-aprel 1968-yil Rijeka |
Siyosiy partiyasi | Demokratik[1] |
Turmush oʻrtogʻi | Jakov Kitarović (1996–) |
Bolalari |
Katarina Luka |
Kolinda Grabar-Kitarovich (xorvatcha: Kolinda Grabar-Kitarović; 29-aprel 1968-yil, Riyeka) – Xorvatiya davlat va siyosat arbobi, 2015-yil 19-fevraldan 2020-yil 18-fevralgacha Xorvatiya Prezidenti[2][3][4].
Xorvatiya Yevropa integratsiyasi vaziri (2003–2005), Xorvatiya tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vaziri (2005–2008), Xorvatiyaning AQShdagi elchisi (2008–2011), NATO Bosh kotibining jamoatchilik diplomatiyasi boʻyicha yordamchisi (2011-2014) lavozimlarida ishlagan[5].
Kolinda Grabar Riyekada tugʻilgan. Shaharning shimolidagi kichik bir qishloqda tarbiyalangan. Uning oilasi doʻkon va fermer xoʻjaligiga ega edi[6]. Shtokavitsa shevasini qiynalib boʻlsa-da, oʻrganishga muvaffaq boʻldi. 17 yoshida AQShda oʻqish uchun grant yutib oldi, ingliz tilini oʻrgandi va muammolarga duch kelgan boʻlsa-da, Xorvatiyada maktabni tugatdi[7][8][9]. Kolinda Grabar Zagreb universitetining siyosiy fanlar fakultetida xalqaro munosabatlar boʻyicha magistrlik darajasini oldi. Jorj Vashington universitetida Fulbrayt stipendiyasi, Jorj Vashington hukumat maktabining Luksic stipendiyasi sohibi boʻlgan. Kennedi va Garvard universitetlari, Vashingtondagi Jons Xopkins universiteti qoshidagi Pol G. Nitze ilgʻor xalqaro tadqiqotlar maktabida (SAIS) taklif etilgan tadqiqotchi. Oʻz faoliyatini 1992-yilda Xorvatiya Fan va texnologiya vazirligining Xalqaro hamkorlik boʻlimi maslahatchisi, keyinroq Xorvatiya Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi sifatida boshlagan.
1995-yilda Grabar mamlakat Tashqi ishlar vazirligining Shimoliy Amerika departamenti direktori boʻldi. 1997-yildan 2000-yilgacha Xorvatiyaning Kanadadagi elchixonasida diplomatik maslahatchi va elchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Tashqi ishlar vazirligiga vazir-maslahatchi sifatida qaytgan.
2003-yil noyabr oyida Grabar-Kitarovic Xorvatiya parlamentiga saylandi va 2003-yil dekabr oyida Yevropa integratsiyasi boʻyicha vazir lavozimini egalladi. 2005-yil fevral oyida Xorvatiya tashqi ishlar vaziri sifatida qasamyod qildi. Uning asosiy vazifasi mamlakatni Yevropa Ittifoqi va NATOga yoʻnaltirish edi.
Xorvatiyaning AQShdagi elchisi (2008-2011). Kolinda Grabar-Kitarovich 2011-yilning 4-iyulida NATO Bosh kotibining jamoatchilik diplomatiyasi boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga kirishdi. Yevro-Atlantika diplomatiyasi va xavfsizlik masalalari boʻyicha mutaxassis.
Qishlogʻining Chakavian lahjasi va adabiy Xorvat tilidan tashqari, u ingliz, ispan va portugal tillarida gapiradi.
2014-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida u mamlakatning asosiy muxolifat partiyasidan nomzodini qoʻydi va ikkinchi bosqichga chiqdi. 2015-yil 11-yanvarda Xorvatiyadagi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida 50,42% ovoz olib gʻalaba qozondi va Xorvatiya tarixidagi birinchi ayol prezidentga aylandi[10].
2019-yil dekabr – 2020-yil yanvar oylarida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida u Zoran Milanovicga yutqazdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „BIOGRAFIJA KOLINDE GRABAR KITAROVIĆ, PRVE HRVATSKE PREDSJEDNICE Put marljive odlikašice iz Rijeke do Pantovčaka“. Jutarnji.hr (2015-yil 12-yanvar). 2019-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Kolinda Grabar-Kitarovic elected president of Croatia“. Canadian Broadcasting Corporation (11-yanvar]] 2015). Qaraldi: 28-oktyabr]] 2015.
- ↑ Hina. „NOVA PREDSJEDNICA Evo što svjetske agencije javljaju o Kolindinoj inauguraciji“. Jutarnji.hr (2015-yil 15-fevral). 2019-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-may.
- ↑ NATO. „NATO – Biography: Kolinda Grabar-Kitarovic, Assistant Secretary General for Public Diplomacy“. NATO (29-avgust]] 2014).
- ↑ „Grabar-Kitarovic elected Croatiaʻs first woman president“. BBC (12-yanvar]] 2015). Qaraldi: 28-oktyabr 2015.
- ↑ „Kolinda se javila šefu Karamarku: Izlazim iz HDZ-a“. Jutarnji.hr. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart]] 2015. (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Grabar-Kitarovic: Croatia’s first female president“ (en). AFP. Агентство Франс-Пресс (2015-yil 12-yanvar). 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
- ↑ Журавлёва, Ольга. „Колинда Грабар-Китарович, президент Хорватии“. echo.msk.ru. Радиостанция «Эхо Москвы» (2015-yil 14-yanvar). 2017-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
- ↑ Журавлёва, Ольга. „Колинда Грабар-Китарович, президент Хорватии“. echo.msk.ru. Радиостанция «Эхо Москвы» (2015-yil 14-yanvar). 2017-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
- ↑ „Кандидат от оппозиции победила действующего президента Хорватии“. Lenta.ru (2015-yil 12-yanvar). 2015-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.