Kontent qismiga oʻtish

Riyeka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Riyeka — Xorvatiyadagi shahar. Adriatika dengizi soxilida. Riyeka koʻltigʻining shim. qismida joylashgan. Aholisi 167 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Yirik port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat markazi. Kemasozlik, motorsozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, yogʻochsozlik, koʻnpoyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Muzeylar bor. 13—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklardan romangotika sobori, cherkov, minora saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil