Koʻtarilish va pasayish
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻtarilish va pasayish (astronomiyada) — Oy va Quyoshning tortish kuchi taʼsirida Yerdagi dengiz sathining va atmosfera bosimining davriy oʻzgarishi hamda Yer qobigʻi (litosfera) ning deformatsiyalanishi. Suv sathi 6 soat 13 min. davomida koʻtari-ladi va shuncha vaqt davomida pasayadi. Bu hodisa har 12 soat 25 min.da takrorlanib turadi. Koʻtarilishni hosil qiluvchi kuch (Gʻ) koʻtarilishni hosil qiluvchi jism (Gʻ’ jism — Oy va Quyosh) ning Yer sathidagi va markazidagi teng massali zarralarning tortishish kuchi farqiga proporsional. K. va p. kuchi gʻ=~rG formula bilan ifodalanadi. Bunda |x - zarra massasi, g -zarraning Yer markazidan uzoqligi, t - Gʻ’ jism massasi, R— Gʻ’ jismning Yer markazidan uzoqligi, /=6,67108 sm/g sek2 — butun olam tortishish do-imiysi (qarang Butun olam tortishish qonuni). Quyoshning massasi Oyga qaraganda juda katta boʻlishiga qaramay, Yer bilan Oy oʻrtasidagi masofadan 400 baranar uzoq boʻlganligi uchun Quyoshning Gʻkuchi Oynikiga nisbatan 2,17-marta kichik. Tor oʻzaygan koʻrfazlarda eng katta koʻtarilish sodir boʻladi, mas, Penjinsk gubernyasidagi Oxota dengizida K. va p. amplitudasi 13 m gacha boradi. Kanadaning sharqida (Fandi qoʻltigʻida) Atlantika okeani sathi 18 m gacha, Yerning qattiq "qobigi" esa 50 sm gacha koʻtarilishi mumkin. K. va p.ning amplitudasi hamda tasnifi Yer, Oy, Quyoshlarning oʻzaro joylashishiga, geografik kenglik va mahalliy sharoitlarga (mas, dengizning chuqurligiga) bogʻliq boʻladi. Yerning oʻz oʻqi atrofida sutkali aylanishi, Yer, Oy va Quyoshning oʻz orbitalari boʻylab qiladigan harakatlari natijasida K. va p. hodisasi Yerning har bir nuqtasida har xil kattalikda sodir boʻladi. K. va p. sathining tebranishini mareograf asbobi bilan kuzatib boriladi. Dengiz kemalariga xizmat koʻrsatish uchun maxsus "Koʻtarilish jadvallari" tuziladi. Atmosferada koʻtarilish tebranishlarining davriyligi 12 soat, atm. bosimining oʻzgarishi kam, ekvatorial zonadagina eng yuqori (1 Mbar gacha) boʻladi. K. va p. taʼsirida atmosferaning bosimi sutka va oy davomida sezilarli darajada oʻzgarib turadi. Yerning tortish kuchi taʼsirida Oyda sodir boʻladigan koʻtarilishlar Oyning oʻz oʻqi atrofida aylanishini sekinlashtirganki, oqibatda u Yerga bir tomoni bilan oʻgirilib qolgan. Oyning Yer atrofi aylanish tezligidan Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish tezligining katta boʻlishi Yerdagi sutkalar uzunligining yil sayin ortib borishiga olib kelmokda.
Abdusalom Latipov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |