Butun olam tortishish qonuni
Butun olam tortishish qonuni, Nyutonning tortishish qonuni — moddiy zarralarning oʻzaro tortishishi toʻgʻrisidagi qonun; tabiatning universal qonuni. Massalari m1 va m2 boʻlgan va bir-biridan r masofada turgan moddiy zarralarning oʻzaro tortishish kuchi ushbu formuladan topiladi: F=Gm1m2/r²; bunda: G — gravitatsion doimiy va G = 6.67*10^(-11) (N*m^2)/kg^2 = (1/1.5) * 10^(-10)(N*m^2/kg^2). Moddiy zarralar deganda oʻlchamlari shu zarralar orasidagi masofadan ancha kichik jismlar, ya’ni moddiy nuqtalar tushuniladi. Real jismlarning oʻzaro tortishish kuchini aniqlash (oʻlchamlari, shakllari va zichliklarini hisobga olgan holda) uchun shu jismlar shartli ravishda parchalanadigan alohida mayda zarralar juftlari orasidagi oʻzaro ta’sir kuchlarining geometrik yigʻindisini topish lozim. Demak, ikki shar orasidagi oʻzaro tortishish kuchini yuqoridagi formuladan topish mumkin ekan (buning uchun g sifatida sharlar markazi orasidagi masofani qabul qilish lozim).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |