Koʻkorol chiroqlari
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muallif(lar) | Hakim Nazir |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | qissa |
Nashriyot | Oʻzbekiston SSR davlat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1954 |
„Koʻkorol chiroqlari“, baʼzan „Koʻkorol chirogʻlari“ deb yoziladi — oʻzbek yozuvchisi Hakim Nazir qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1954-yil chop etilgan. 1958-yil qayta ishlanib, „Soʻnmas chiroqlar“ nomi bilan nashr qilingan. Asarni A. Udalova rus tiliga tarjima qilgan.[1]
Qissada mehnat jarayonida yoshlar xarakterida ishchanlik, tashabbuskorlik, uyushqoqlik, rostgoʻylik kabi ijobiy fazilatlarning shakllanishi tasvirlangan. Asarda Sovet Ittifoqi mafkurasiga mos ravishda sotsializm va kollektiv mehnat olqishlangan.
Nashrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qissa ilk bor 1954-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston SSR davlat nashriyotida chop etilgan. Mazkur nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Yu. Shamsharov – muharrir, A. Venediktov - rassom, F. Raxmatullin – texnik muharrir, Sh. Qoʻshboyeva – musahhih. Adadi – 30 000 nusxa.
Qissa 1958-yil qayta ishlanib, „Soʻnmas chiroqlar“ nomi bilan nashr qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Koʻkorol chiroqlari“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 10-noyabr.