Knorring astragali
Knorring astragali | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli o‘simliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Astragal |
Oila: | Burchoqdoshlar |
Binar nomi | |
Astragalus knorringianus |
Knorring astragali (lotincha: Astragalus knorringianus) – burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Samarqand viloyati Nurota va Turkiston togʻ tizmasida tarqalgan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 5-7 sm gacha yetadigan past boʻyli, koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Poyasi juda qisqa, tashqi tomoni kulrang yoki yashil tusda, butun yuzasi yotiq tuklar bilan qoplangan. Poya pastida joylashgan barglari toʻq yashil, uzunligi 2-5 sm qalami nashtarsimon shaklda, bandining uzunligi 5-15 mm. Yuqorigi bargchalari murakkab, 7-9 tadan juft hosil qilib joylashgan, uzunligi 5-11 mm, kengligi 0,5-1,5 mm, uchi oʻtkirlashgan, oski tomoni tuklar bilan qoplangan. Gullari ikki jinsli,2-3 dona, yakka poya uchida ochiladi. Gultojibarglari sariq yoki toʻq qizil rangda. Gulpoyasining uzunligi 2-3 sm. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mart aprel oylarida gullab mevasi mayda pishib yetiladi. Mevasi quruq dukkak meva. Xom dukkagining uzunligi 7 sm, eni 4 mm, sirti oq tuklar bilan qoplangan. Pishib yetilganda qobigʻi jigarrang tusga kiradi. Urug‘i orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda kam uchraydi. Samarqand viloyati Nurota va Turkiston togʻ tizmalari hududida uchraydi. Tog‘larning oʻrta qismlarida, yemirilgan togʻ jinslaridan iborat tuproqlarda oʻsadi. Chorva mollarining koʻplab boqilishi va yem xashak sifatida yigʻilishi natijasida areali qisqarib ketgan. Nurota davlat qo‘riqxonasi hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Astragalus knorringianus“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.