Astragal
Qiyofa
Astragal (Astragalus) – burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Oʻt, chala buta va ba’zan butalardan iborat. 1600 turi bor. Barglari odatda murakkab, toq patsimon. Gullari kallak yoki boshoqsimon toʻpgulda joylashgan. Mevasi – dukkak. Oʻrta Osiyoda 592 va Oʻzbekistonda 250 turi oʻsadi. Talayginasi (noʻxatak, singren) yaxshi yem-xashak hisoblanadi. Kopetdogʻ va Turkmanistonda oʻsadigan A.dan (A. piletocladus, A. turcmenorum) tibbiyotda, qandolat sanoatida va texnikada qoʻllanadigan, suvda erimay, faqat boʻkadigan tragakant yelimi olinadi. Ayrim turlarining yer ustki qismi tarkibida glitserizin moddasi, flavonoidlar va mikroelementlar bor. Damlamasi gipertoniya kasalligini davolashda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |