Kontent qismiga oʻtish

Kiyev bolalar va oʻsmirlar opera va balet teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kiyev shahar bolalar va oʻsmirlar akademik opera va balet teatri (ukraincha: Київський театр опери та балету для дітей та юнацтва) – Kiyevdagi teatr 1982-yilda Davlat bolalar musiqali teatri nomi bilan tashkil etilgan. Teatr bu turdagi Ukrainada birinchi (va hozirgacha yagona) va dunyoda ikkinchisidir.

1985-yil 1-fevralda teatr taniqli ukrain bastakori Nikolay Lisenkoning „Zima i Visna“ operasi bilan ochilgan.

1998-yilda teatrga Mejigorska, 2 (Podol) koʻchasidagi bino berilgan va Kiyev davlat bolalar va oʻsmirlar musiqali teatri nomini olgan. 2002-yilda sanʼatni rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun hamda teatrning 20 yilligi munosabati bilan teatrga akademik maqom berilgan. 2005-yildan beri teatrKiyev shahar bolalar va oʻsmirlar akademik opera va balet teatri nomida faoliyat yuritib kelmoqda.

Teatr 100 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan boʻlsa, ulardan 40 tasi ilk bor sahnalashtirilgan. Teatr har oy 20-25 spektakl namoyish etadi. Teatr repertuaridan opera, balet, myuzikl, musiqali ertaklar, simfonik va vokal-simfonik dasturlar, konsertlar oʻrin olgan. Ansambl tarkibiga opera va balet truppalari, simfonik orkestr, xor kiradi.

2009-yildan beri teatr tarkibiga xoreograf Radu Poklitaru boshchiligidagi „KIYEV MODERN BALLET“ truppasi kiradi.

Mukofotlar va yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Lovushka dlya vedmi“ spektakli ijodkorlari bastakor I.Sherbakov va rejissyor M.Merzlikin „bolalar va oʻsmirlar uchun eng yaxshi asar“ nominatsiyasida Ukrainaning Taras Shevchenko nomidagi Milliy mukofoti bilan taqdirlangan (1999). „Kak kazaki zmeya ukroshali“ (2002), „Kashey bessmertniy“ (2003), „Maugli“ (2004), „Belosnejka i sem gnomov“ (2007), „Grudi Tiresiya“ (2011) spektakllari „Kiyevska pektoral“ mukofotiga sazovor boʻlgan.