Kontent qismiga oʻtish

Kianit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kianit (yunoncha: ruapos-toʻq koʻk, havorang), disten (di... va yun. sthenoc — kuch, qudratdan) — kristalli slanetslarga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Al2[SiO4]. Triklin singoniyali, kristali ustunsimon yoki taxtasimon. Aralashmalari Fe (1% gacha), Sg (1,2%), Ti (0,04%). Rangi oqsan toʻq koʻkishyashilgacha. Zangori, koʻk, kulrang ham boʻladi. Koʻmir yoki gil jinslari aralashgan kianit qora boʻladi. Shishadek yaltiroq, qattiqligi turlicha (4,5 dan 7,5 gacha), zichligi 3560–3680 kg/m3. Giltuproqqa boy choʻkindi jinslarning katta bosim zonasida metamorfizlanishidan hosil boʻladi, granitli pegmatitlarda A12O3 ga boy jinslarning assimilyasiyasidan vujudga keladi. Koʻpincha stavrolit, andaluzit bilan birga uchraydi.

Kianit sanoat uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan gil tuprogʻi koʻp xom ashyo hisoblanadi. Undan oʻtga, kislota va ishqorga chidamli pishiq materiallar olinadi. Kianit qazib oluvchi mamlakatlar: AQSH (120 ming t, 1982), Hindiston (45 ming t), Braziliya (10 ming t), Ispaniya (6 ming t), Avstraliya (1 ming t).

Tarkibida rutil, muskovit, turmalin, topaz, korund boʻlgan dunyodagi eng yirik konlar Hindiston (Khammam, Bxandara, Sidxbum va boshqalar)da mavjud[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil