Kontent qismiga oʻtish

Keniyadagi suv toshqinlari (2024)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Keniyadagi suv toshqinlari

Keniyadagi suv toshqini – 2024-yilning 18-aprelidan boshlab Keniyada boʻlayotgan suv toshqinlari boʻlib, davlatning jami 47 ta okrugning 33 tasida odamlarga zarar yetkazgan[1].

2024-yil aprelidan beri boʻlayotgan toshqinlar Keniya, Tanzaniya, Burundi va Ugandadagi 350 dan ortiq[2][3], baʼzi manbalarda 400 ga yaqin[4][5] kishi halok boʻlishiga sabab boʻlgan. Toshqinlar Ninyo va Hind okeani dipolida suv koʻpayishi natijasida yuzaga kelgan[6][7].

2023-yil oxirida mintaqa soʻnggi qirq yillikdagi eng yomon qurgʻoqchilikdan xalos boʻlishga harakat qilganligi sababli Efiopiya, Keniya va Somalida ham yogʻingarchilik va suv toshqini oqibatida 300 dan ortiq odam halok boʻlgan edi[2].

Sharqiy Afrikadagi kuchli yomgʻirlarning eng asosiy manbasi Hind okeani dipolidir (IOD). Hozirgacha IOD va El-Ninyoda suv toshqini bir vaqtning oʻzida sodir boʻlgani yoʻq. Agarda shunday boʻlgudek boʻlsa, Sharqiy Afrikada bundanda yomonroq holat yuz berishi mumkin[8][9].

Poytaxt Nayrobi shahri va uning atrofidagi hududlar bu voqeadan katta talofat koʻrgan[8]. Toshqin Nayrobi va Athi daryosi qirgʻoqlarini buzib, 40 000 kishini u yerdan koʻchishga majbur qilgan[10]. Poytaxtda kamida 228 kishi halok boʻlgani[11], 164 kishi jarohatlangani, 72 kishi bedarak yoʻqolgani va 131.450 kishi koʻchirilgani haqida hisobot bergan[1][12][13]. BMTning Insonparvarlik yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi ham kamida 960 bosh chorva mollari va 24 ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari suv ostida qolganini xabar qilgan[14].

2024-yil 29-aprel, dushanba kuni ertalab Mai Mahiu yaqinidagi temiryoʻl yoʻnalishi ishdan chiqadi va suv toshqini yana 42 kishining hayotiga zomin boʻladi[15].

Keniyadagi maktablar ikkinchi chorakka qadar yopilgan[16].

2024-yil 18-apreldan boshlab Keniyada suv toshqinlari boshlanadi va 47 okrugdan kamida 21 tasi suv toshqinidan zarar koʻradi[17]. Poytaxt Nayrobi va uning atrofidagi hududlarga, ayniqsa, jiddiy zarar yetkan[18]. Nayrobi va Assi daryosining qirgʻoqlariga zarar yetishi oqibatida[19] 40 000 kishi oʻz turar-joyidan koʻchirilgan. Toshqinlar Keniyada 130 000 dan ortiq odamni boshqa manzilga koʻchirilishi va 91 kishining bedarak yoʻqolishiga, 29 kishi jarohatlanishi va 169 kishi halok boʻlishiga sabab boʻlgan[13][17][20]. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Insonparvarlik yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi kamida 960 chorva mollari va 24,000 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari suv ostida qolgani haqida xabar bergan[21]. Muxolifatdagi siyosatchilar va lobbi guruhlari hukumatni ob-havo haqidagi ogohlantirishlarga qaramay, inqirozga tayyorgarlik koʻrmaganlikda va sustkashlikda ayblashgan[2].

Harbiy va milliy hukumat qiyin ahvolda boʻlganlarni qoʻllab-quvvatlash uchun safarbar qilingan. Kiambu okrugi vaziyatni yumshatish choralarini, jumladan, qurilish boʻyicha tekshiruvlarni boshlaganini eʼlon qilgan[22].

May oyi boshida Keniya hukumati 178 ta toʻgʻon va suv omborlari yaqinida yashovchi aholini evakuatsiya qilishga buyruq chiqargan edi. Vazirlik evakuatsiya qilinganlar uchun vaqtinchalik boshpana, oziq-ovqat va zaruriy narsalar uchun mablagʻ ajratgan[23].

2024-yilning 25-aprelida Tanzaniya Bosh vaziri Sharqiy Afrikada bir necha hafta davom etgan kuchli yomgʻir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va koʻchkilar mamlakatda 155 kishining hayotiga zomin boʻlgani, 236 kishi jarohatlangani, 200 mingdan ortiq odam va 51 ming oila hayotiga taʼsir oʻtkazgani haqida xabar bergan. Bosh vazir Kassim Majaliwa parlamentga El-Ninyo ob-havosi davom etayotgan yomgʻirli mavsumga yanada salbiy taʼsir oʻtkazayotgani, suv toshqini va yoʻllar, koʻpriklar va temir yoʻllarga jiddiy zarar yetkazayotgani haqida xabar bergan. Shuningdek, maktablar, sogʻliqni saqlash markazlari va yoʻllarga zarar keltirgani, hamda qishloq xoʻjalik yerlarining katta qismi suv ostida qolganini ham taʼkidlab oʻtgan[24][25].

Burundida kuchli yomgʻirlar 100 000 ga yaqin odamni koʻchirilishi[7] va kamida 29 kishining halok boʻlishiga sabab boʻlgan[2].

  1. 1,0 1,1 Nyaboga Kiage.. „Floods death toll rises to 219 as government warns of more deluge“. NTV (2024-yil 4-may). Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Kenya on alert as it braces for first-ever cyclone“ (en). France 24 (2024-yil 3-may). Qaraldi: 2024-yil 3-may.
  3. „Kenya, Tanzania brace for cyclone as rains in East Africa kill more than 350“ (en). Voice of America (2024-yil 2-may). Qaraldi: 2024-yil 3-may.
  4. „Kenya, Tanzania brace for Cyclone Hidaya as flood death toll rises“ (en). Al Jazeera. Qaraldi: 2024-yil 3-may.
  5. GNA „Flood death toll over 300 in east Africa as rains set to continue“ (en-US). Ghana News Agency (2024-yil 30-aprel). Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  6. „El Niño floods worsen humanitarian needs in Kenya - Kenya | ReliefWeb“ (en). reliefweb.int (2024-yil 22-aprel). Qaraldi: 2024-yil 25-aprel.
  7. 7,0 7,1 „Tanzania floods and landslides kill more than 150 - PM Kassim Majaliwa“ (en-GB) (2024-yil 25-aprel). Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  8. 8,0 8,1 „Kenya: Floods cause widespread devastation in Nairobi“ (en-GB). BBC News (2024-yil 24-aprel). Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
  9. „El Niño floods worsen humanitarian needs in Kenya - Kenya | ReliefWeb“ (en). reliefweb.int (2024-yil 22-aprel). Qaraldi: 2024-yil 25-aprel.
  10. „Devastating flooding in east Africa claims dozens of lives and displaces thousands“ (en). Sky News. Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
  11. „Kenya floods death toll rises to 288 as heavy rains, flooding persist“. France 24 (2024-yil 5-may). Qaraldi: 2024-yil 5-may.
  12. Madowo, Larry „Kenya floods leave 70 dead as truck is swept away in deluge“ (en). CNN (2024-yil 26-aprel). Qaraldi: 2024-yil 29-aprel.
  13. 13,0 13,1 „Kenya: Disruptions due to flooding ongoing across much of the country as of April 24“ (en). Kenya: Disruptions due to flooding ongoing across much of the country as of 24 April | Crisis24. Qaraldi: 2024-yil 25-aprel.
  14. „Kenya: Heavy Rains and Flooding Update - Flash Update #2 (19 April 2024) - Kenya | ReliefWeb“ (en). reliefweb.int (2024-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 25-aprel.
  15. „Floods kill at least 42 in central Kenya after dam bursts“. www.msn.com. Qaraldi: 2024-yil 29-aprel.
  16. „Ruto postpones school reopening indefinitely due to flooding“. www.nation.africa. NATION. Qaraldi: 2024-yil 6-may.
  17. 17,0 17,1 „Kenya - Floods (UN OCHA, Kenya Met Department) (ECHO Daily Flash of 23 April 2024) - Kenya | ReliefWeb“ (en). reliefweb.int (2024-yil 23-aprel). Qaraldi: 2024-yil 25-aprel.
  18. „Kenya: Floods cause widespread devastation in Nairobi“ (en-GB). BBC News (2024-yil 24-aprel). Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
  19. „Devastating flooding in east Africa claims dozens of lives and displaces thousands“ (en). Sky News. Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
  20. Madowo, Larry „Kenya floods leave 70 dead as truck is swept away in deluge“ (en). CNN (2024-yil 26-aprel). Qaraldi: 2024-yil 29-aprel.
  21. „Kenya: Heavy Rains and Flooding Update - Flash Update #2 (19 April 2024) - Kenya | ReliefWeb“ (en). reliefweb.int (2024-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 25-aprel.
  22. „Kenya floods: What a deluge reveals about Nairobi's vulnerability“ (en-GB) (2024-yil 30-aprel). Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  23. „Kenya floods: Mass evacuations ordered ahead of cyclone“. www.bbc.com. Qaraldi: 2024-yil 3-may.
  24. „At least 155 killed in Tanzania as heavy rains pound East Africa“ (en). Al Jazeera. Qaraldi: 2024-yil 3-may.
  25. „Tanzania floods and landslides kill more than 150 - PM Kassim Majaliwa“ (en-GB) (2024-yil 25-aprel). Qaraldi: 2024-yil 3-may.