Kellie Harrington
Kellie Harrington | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Tavallud paytidagi ismi | Kellie Anna Harrington |
Fuqaroligi | Irlandiya |
Tavallud sanasi | 11-dekabr 1989-yil |
Sport | |
Qaysi sport | boks |
Kellie Anna Harrington (tugʻ. 1989-yil 11-dekabr) — irlandiyalik bokschi, 60 kg gacha, 64 kg gacha va 69 kg dan yuqori vazn toifalarida, Irlandiya milliy terma jamoasi aʼzosi. Jahon chempioni (2018), 2019-yilgi Yevropa oʻyinlari va 2018-yilgi Yevropa chempionati sovrindori. 2020-yiligi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Olimpiya chempioni.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kellie Harrington 69 kg gacha (2010), 64 kg gacha (2011, 2013, 2014, 2015), 60 kgdan (2017, 2018) yuqori vazn toifalarida mamlakat chempionatining yetti karra gʻolibi.
2016-yilda Nur-Sultonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida u Xitoylik sportchiga imkoniyatni boy berib, finalgacha yetib borgan va kumush medalni qoʻlga kiritgandi. 2018-yilda Sofiyada (Bolgariya) Yevropa chempionatida, u chempionatning bronza medalini qoʻlga kiritib, sovrindor boʻlishga muvaffaq boʻldi[1].
2018-yilda Hindistonda ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida irlandiyalik sportchi finalda Tailandlik Sisondi Sudaporn bilan uchrashdi va uni 3:2 hisobida magʻlub etdi va Jahon chempionatidagi oʻyinini yakunlab, turnirning oltin medalini qoʻlga kiritdi[2].
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 60 kg gacha vazn toifasida u finalda braziliyalik bokschi Beatris Ferreyra magʻlub etdi va shu tariqa Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritdi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Harrington and Walsh win bronze medals at European Championships“ (en). The Irish Times. Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
- ↑ „Ireland's Kellie Harrington wins GOLD at the AIBA Women's World Championships — Independent.ie“ (en). Independent.ie. Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
- ↑ https://www.rte.ie/sport/olympics/2021/0808/1239649-tokyo-2020-harrington-wins-gold-with-boxing-exhibition/