Keles yoʻli koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Olmazor |
Uzunligi | 4 km |
Kim sharafiga nomlangan | Keles |
Koʻchada joylashgan binolar |
K.Gʻofurov, „Ahil“, „Moyariq“ mahallalari Qoraqamish kanali |
Keles yoʻli koʻchasi — Olmazor tumani hududidagi asosiy koʻchalardan biri. Toshkentning shimoliy-gʻarbida. Sagʻbon koʻchasi bilan Toshkent avtomobil halqa yoʻli (Katta halqa yoʻli) oraligʻida joylashgan. Uzunligi 4 km atrofida.
Qadimda Toshkentni Keles va Sariogʻoch hududlari bilan bogʻlovchi muhim koʻchalardan biri hisoblangan. XX asrning 1-yarmida Toshkent viloyatining Toshkent tumani tarkibida bulgan. 1970-yil Sobir Rahimov tumani (hozirgi Olmazor) tashkil etilishi munosabati bilan shahar tasarrufiga oʻtgan. 2008-yil 9-iyundan hozirgi nomi bilan yuritiladi. Tarkibida 5 ta tor koʻcha va 1 ta berk koʻcha bor[1].
Yoʻnalishida K.Gʻofurov, „Ahil“, „Moyariq“ mahallalari, Qoraqamish kanali, Moyqoʻrgon arigʻi, ochiq kollektor, shaxsiy turar joy binolari, mahalla guzari, savdo shoxobchalari, servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Koʻcha boʻylab jamoat transporti harakati yoʻlga qoʻyilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.