Kekirik
Kekirik | |
---|---|
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar | |
KXK-10 | R14 |
KXK-9 | 787.3 |
DiseasesDB | 30089 |
MedlinePlus | 003080 |
Kekirik, kekirish – meʼdadan yoki qiziloʻngachdan ogʻiz orqali beixtiyor havo chiqishi. Meʼdaning oʻn ikki barmoq ichakka oʻtgan joyi (pilorus) torayib qolganda meʼda, diafragma va qorin muskullari refleks yoʻli bilan qisqarganda roʻy beradi. Kekirik meʼda, jigar, oʻt pufagi va boshqa aʼzolar kasalliklari, shuningdek, yurak-tomir sistemasi faoliyati susayganda, nevroz va hokazolarda kuzatiladi. Sogʻlom odamlar shoshib ovqat yeganida, mineral suv ichganida yoki quruq ovqat yeganida koʻp havo yutilishi natijasida kekiradi. Bunday kekirikning hidi ham, taʼmi ham boʻlmaydi va birorta kasallik belgisi ham hisoblanmaydi. Kekirik aksariyat emadigan bolalarda roʻy beradi: bola emayotganida ortiqcha havo yutib yuboradi va keyin uni sut bilan oz-ozdan chiqaradi. Meʼda shirasining kislotaliligi oshib ketganda kekirik nordon boʻladi. Achchiq kekirik meʼdaga oʻn ikki barmoq ichakdan safro tushganda kuzatiladi. Bemavrid kekiraverish biror kasallik alomati boʻlishi ham mumkin. Bunday hollarda kekirikka sabab boʻlgan asosiy kasallik davolanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]