Kontent qismiga oʻtish

Alitus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alitus yoki Alytus (litovcha: Alytus) – Litva Respublikasidagi shahar, Neman daryosining har ikkala sohilida. Vilnyusdan 108 km janubi-gʻarbdagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 74,9 ming kishi (1990). Uy-roʻzgʻor sovutkichlari, metall konstruksiyalar, kimyo, mashinasozlik zavodlari, tikuvchilik fabrikasi, mexanika texnikumi bor. Ip gazlama va goʻsht kombinatlari qurilgan. Oʻlkashunoslik muzeyi bor. Alitus XIV asrdan maʼlum.

Alitus yozma manbalarda birinchi marta 1377 yilda tilga olingan. Shahar nomi aholi punkti etagidan oqib oʻtuvchi daryo – Alitupis nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. 1581 yil 15 iyunda Alytus Magdeburg qonunini (oʻzini oʻzi boshqarish huquqi) va gerbni – qizil fonda oq atirgulni oldi. Shuning uchun bugungi kunda Alitus oq atirgullar shahri deb ham ataladi. U yerda shahar hokimiyati qurilgan, bozor maydoni jihozlangan, cherkov qurilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil