Katerina Pavlovna
Yekaterina Pavlovna | |
---|---|
Oldenburg gertsogi | |
Saltanat | 30-oktyabr 1816-yil – 9-yanvar 1819-yil |
Tugʻilishi | Sant Peterburg, Rossiya imperiyasi |
Vafoti | Stuttgart, Württemberg |
Dafn etilgan joy |
Württemberg maqbarasi, Stuttgart |
Uy | Romanov sulolasi |
Dini | Rus pravoslav |
Rossiya Buyuk Gertsoginyasi Yekaterina Pavlovna (ruscha: Екатерина Павловна, 21-may 1788-yil – 9-yanvar 1819-yil) keyinroq Württemberg qirolichasi boʻlgan Yekaterina Pavlovna Rossiya podshosi Pol I va Vyurtemberg gertsoginyasi Sofi Doroteyaning toʻrtinchi qizi edi. U oʻzining amakivachchasi valiahd shahzoda Williamga turmushga chiqqandan soʻng Vyurtemberg qirolichasi boʻladi. Turmush oʻrtogʻi esa 1816-yilda Vyurtemberg qiroli William I boʻlgan[1].
Yoshlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yekaterina Sarskoye Selo shahrida tugʻilgan va buvisi Buyuk Yekaterina sharafiga shu ismni olgan. Yekaterina yaxshi taʼlim oladi va yangi adabiy nashrlarni oʻqish va turli taniqli shaxslar bilan shaxsiy aloqalar orqali oʻz bilimini doimiy ravishda oshirishga erishadi. Oilasidagilar uni Katya deb chaqishadi. Opalari ayniqsa, katta akasi Aleksandr I bilan juda yaqin boʻlgan. U butun umri davomida akasi bilan yaqin munosabatlarini saqlab qolgan. Aytishlaricha, u Aleksandrning sevimli singlisi va u cheksiz sevadigan kam sonli odamlardan biri boʻlgan. Unga yozgan maktublari „Bir umr senikiman, qalbim va jonim“, „Oʻylaymanki, seni oʻtayotgan har kunimdan koʻproq sevaman“, „Seni mendan ortiq sevish mumkin emas“ kabi jumlalar bilan ifodalangan. Paul va Maria Feodorovna dastlab toʻrtinchi qizlarining tugʻilishini yomon alomat sifatida koʻrgan boʻlsalar-da, keyinchalik Yekaterina onasining sevimli qiziga aylangan.
Birinchi nikohi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Napoleon urushlari hali davom etayotgan bir paytda, farzand koʻrmagan Napoleon I oʻzining sevimli, ammo keksa rafiqasi Jozefina Bogarne bilan boshqa malikaga uylanish va uzoq vaqt orzu qilingan merosxoʻrning tugʻilishi uchun ajrashadi. Ajralishning oʻzi 1810-yilgacha sodir boʻlmagan boʻlsa-da, Napoleon bundan bir necha yil oldin yangi xotin izlagan va Yekaterinani nomzod sifatida jiddiy koʻrib chiqqan. Boshqa koʻplab foydali tomonlar bilan bir qatorda, bunday nikoh orqali strategik ustunlikni taʼminlanishi mumkin boʻlgan. Bu masala 1808-yilda Erfurtda ruslar bilan boʻlgan uchrashuvda Taleyranning iltimosiga binoan fransuz delegatsiyasi tomonidan muhokama qilingan. Yekaterinaning oilasi bundan dahshatga tushgan va darhol qizini jiyani, Oldenburg gertsogi George bilan nikohlab qoʻyishgan[2].
Shunday qilib, Yekaterina 1809-yil 3-avgustda amakivachchasi Oldenburg gertsogi Georgga turmushga chiqadi. George Oldenburg gertsogi Pyotr va uning rafiqasi Württemberg gersoginyasi Friderickning ikkinchi oʻgʻli edi. Er-xotin Tverda istiqomat qilishgan, u yerda George general-gubernator etib tayinlangan. Yekaterina dabdabali saroyda hayot kechirgan va Tverda „Kichik Sankt-Peterburg“ ni yaratish uchun imperator saroyi namunasida kechalar, katta kechki ovqatlar va shunga oʻxshash tadbirlarni oʻtkazgan. Er-xotin tezda ikki oʻgʻilli boʻlishgan.
Tverda George bilan birga yashaganida, Yekaterina Nikolay Karamzinni mashhur tarixiy asarini yozishda qoʻllab-quvvatlagan[3].
Württemberg malikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erining oʻlimidan soʻng, Yekaterina keyingi hayotining katta qismini aka-ukalari, ayniqsa u bilan juda yaqin munosabatda boʻlgan akasi podshoh Aleksand I bilan oʻtkazgan. 1813-1815-yillarda u akasi Aleksandr I bilan Angliyaga sayohat qilgan.
Angliyada Yekaterina oʻzining birinchi eri, amakivachchasi Württemberg valiahd shahzodasi William bilan uchrashib qoladi. Bu er-xotin uchun birinchi qarashdagi sevgi boʻlgan. Biroq, William Bavariya malikasi Caroline Augusta bilan turmush qurgan, u bilan ajrashish uchun keskin qadam tashlashiga toʻgʻri kelgan. Voqealarning bu burilishining sababi shundaki, William va Caroline Augusta Napoleon tomonidan oʻylab topilgan siyosiy nikohdan qochish uchun shoshilinch ravishda turmush qurishgan. Ular hech qachon bir-birlari bilan kelishmagan va ikkalasi ham nikohni bekor qilishni talab qilgan. Koʻp oʻtmay, 1816-yilda Caroline Augusta avstriyalik Francis I ga erga tegadi va Avstriya imperator xonimi boʻladi.
1816-yilning boshida Yekaterina endigina ajrashgan Williamga turmushga chiqadi. Toʻy Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtadi. Bu vatda er-xotinning allaqachon Marie Frederikke Charlotte ismli qizi bor edi. U 1816-yil 30-oktyabrda, Yekaterinaning qaynotasi Württemberg qiroli Frederick I vafot etgan kuni tugʻilgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1819-yil yanvar oyida, kenja farzandi tugʻilgandan olti oy oʻtgach, Yekaterina Shtutgartda pnevmoniya bilan asoratlangan qizilcha kasalligidan vafot etdi. U oʻttiz yoshda edi va orqasida toʻrt farzandi qoldi. Bolalar ikki xil oilaga tarqalib ketishdi, ularning kattasi sakkiz yoshda edi. Uning oʻlimidan soʻng, uning omon qolgan eri Shtutgartning Rotenberg shahrida uning xotirasiga bagʻishlangan Vyurtemberg maqbarasini qurdi. Uilyam keyinroq yana turmush qurdi. Uning keyingi rafiqasi, amakivachchasi Vyurtemberg malikasi Paulin edi .
Farzandlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yekaterinaning Oldenburg gertsogi Georgdan ikkita oʻgʻli boʻlgan:
- Oldenburg gertsogi Piter Georg Pol Aleksandr (1810-yil 30-avgust – 1829-yil 16-noyabr)
- Oldenburg gertsogi Konstantin Fridrix Peter (1812-yil 26-avgust – 1881-yil 14-may)
Vyurtemberg qiroli bilan esa ikki qizi boʻlgan:
- Vyurtemberg malikasi Mariya Friderike Sharlotta (1816-yil 30-oktyabr – 1887-yil 4-yanvar), Neypperg grafinyasiga aylandi
- Vyurtemberg malikasi Sofi Friderike Mathilde (1818-yil 17-iyun – 1877-yil 3-iyun), Niderlandiya qirolichasiga aylandi
Shajarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]8. Charles Frederick | ||||||||||||||||
4. Pyotr III | ||||||||||||||||
9. Rossiya buyuk Gersoginyasi Anna Petrovna | ||||||||||||||||
2. Pol I | ||||||||||||||||
10. Kristian Avgust, Anhalt-Zerbst shaxzodasi | ||||||||||||||||
5. Yekaterina II | ||||||||||||||||
11. Holstein-Gottorp malikasi Joanna Elizabet | ||||||||||||||||
1. Rossiya Gersoginyasi Katerine Pavlovna | ||||||||||||||||
12. Charles Aleksandr, Württemberg gertsogi | ||||||||||||||||
6. Frederick II | ||||||||||||||||
13. Thurn va Taksis malikasi Mariya Augusta | ||||||||||||||||
3. Württemberg malikasi Sofie Dorote | ||||||||||||||||
14. Frederick William, Brandenburg-Shvedt margravi | ||||||||||||||||
7. Brandenburg-Schvedt Shaxzodasi Frederik | ||||||||||||||||
15. Prussiya malikasi Sophia Doroteya | ||||||||||||||||