Karbin
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Karbin — qora rangli mayda kristall kukun. XX asrning 60-yillarida birinchi boʻlib rus kimyogarlari sintezlasa, keyinroq u tabiatda chaoit minerali tarkibida topilgan. Karbinning tuzulishi chiqizli.
Fizik xossalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karbin grafitga qaraganda qattiqroq, olmosdan esa yumshoq. Yarimoʻtkazgich xossasiga ega. Havo ishtirokisiz 2800 °C ga qadar qizdirganda grafitga aylanadi.
Qoʻllanilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karbinning odam organizmidagi toʻqima bilan mos keluvchi xossalari bor. Uning ushbu xossalari tibbiyotda sunʼiy qon tomirlarini ishlab chiqarishda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ La Torre, A.; Botello-Mendez, A.; Baaziz, W.; Charlier, J. -C.; Banhart, F. (2015). „Strain-induced metal–semiconductor transition observed in atomic carbon chains“. Nature Communications. 6-jild. 6636-bet. Bibcode:2015NatCo...6.6636L. doi:10.1038/ncomms7636. PMC 4389248. PMID 25818506.