Karamanoğlu İbrahim Bey II
Karamanoğlu İbrahim Bey II | |
---|---|
turkcha: II. Karamanoğlu İbrahim Bey' | |
Karamanoğulları beki | |
Saltanat | 1423-1464 |
Oʻtmishdoshi | Bengi Alâeddin Ali Bey II |
Davomchisi | Karamanoğlu İshak Bey |
Tugʻilishi | 1400-yil |
Vafoti | 1464-yil |
Farzandlari |
Karamanoğlu İshak Bey Sultanzâde Pîr Ahmed Bey Kasım Bey |
Uy | Karamanoğulları |
Otasi | Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey II |
Dini | Sunni Islom |
Karamanoğlu İbrahim Bey II (turkcha: II. Karamanoğlu İbrahim Bey) — Karamanoğulları bekligida 1423-1464-yillar orasida hukmdorlik qilgan turk beki. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblangan.[1][2]. İbrahim Bey davri Karamanoğulları bekligi bilan Usmonlilar imperiyasi munosabatlarining eng keskinlashgan vaqti hisoblanadi[3]. Olim va yozuvchilarga homiylik qilgan Ibrohim Beyni u bilan uchrashgan fransuz sayyohi Bertrandon de la Broquiere oʻttiz ikki yoshli chiroyli hukmdor sifatida qayd etgan[4].
İbrahim Bey va Usmonlilar imperiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrahim Bey Mehmed Bey IIning oʻgʻlidir. Amakisi Bengi Ali Bey II bilan boʻlgan taxt urushida, Usmonlilar imperiyasi dastagi bilan gʻalaba qozondi va beklik taxtiga oʻtirdi. Ibrahim Bey usmonlilarning shuncha qilgan yordamiga qaramasdan, ularga sodiq qolmadi[5]. Usmonlilar imperiyasiga qarshi Vengriya qiroli bilan ittifoq qurdi. Usmonlilarning Yevropada janglar olib borayotganidan foydalangan Ibrahim Bey Beyşehirni bosib oldi. Ammo sulton Murod II 1433-yilda Onadoʻliga qaytdi. Keyin Ibrahim Bey 1435-yilda tinchlik istashini usmonlilarga bildirdi[6]. Biroq tinchlik oʻrnatilganidan koʻp vaqt oʻtmay Ibrahim Bey Usmonlilarning muhim shahri Amasiyani qamal qildi. Bunga javoban sulton Murod II Dulkadiroğulları bekligiga Kayseri shahrini egallashiga, Ibrahim Beyning ukasi Isa Beyga Akşehirni akasidan tortib olishiga yordam berib, Ibrahim Beyning qilgan ishlariga javob berdi. 1437-yilda Ibrahim Bey Amasiyani qamal qilishni toʻxtatishga majbur boʻldi. Keyingi yetti yil mobaynida Onadoʻlida tinchlik hukm surdi[7]. Ammo 1444-yilda Usmonlilar imperiyasi poytaxti Istanbulga katta xristian qoʻshini hujum boshlaganidan foydalangan Ibrahim Bey, Usmonlilar imperiyasining Anqara va Kütahya shaharlari bilan butun Onadoʻlidagi qal’alarni talon-toroj etdi. Ikki oʻt orasida qolgan Murod II xristianlar bilan Edirne-Segedin shartnomasini imzolab, Onadoʻliga qaytib, Ibrahim Beyga javob qaytardi. Ibrahim oʻzgarmas shartlar bilan shartnoma imzolashga majbur boʻldi. Murod II oʻlimidan soʻngra, Ibrahim Bey Venesiya bilan ittifoq tuzgan boʻlsa-da, Usmonlilar imperiyasiga qarshi jang qilmadi.
İbrahim Bey va boshqa kuchlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Misrdagi mamluklar dastlabki yillarda Ibrahimga qarshi ukasi Isani qoʻllab-quvvatlagan boʻlsalar ham, Ibrohim va Mamluklar odatda yaxshi munosabatlar oʻrnatgan edilar. Ammo Çukurova hududi uchun raqobat oʻzaro doʻstlikka barham berdi. Ibrahim 1448-yilda Kipr qirolligining Oʻrta yer dengizi qirgʻogʻidagi muhim shahri Korikosni egalladi. Bu muvafaqqiyat Çukurovaning qolgan qismini egallashini osonlashtirdi. Ammo mamluklarning vassali boʻlgan turkman bekligi Ramazanoğulları 1456-yilda Karamanga hujum uyushtirdi.
Oxirgi yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrahim Bey bekligining oxirgi yillarida oʻgʻillari taxt talashishni boshlab yubordi. Uning belgilagan taxt vorisi oʻgʻli Karamanoğlu İshak Bey edi. Ammo uning kichik oʻgʻli Sultanzâde Pîr Ahmed Bey Koʻniyada oʻzini bek deb eʼlon qildi. Ibrahim Bey gʻarbiy hududlarga qochib oʻtdi va 1464-yilda vafot etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ TDV İslam Ansiklopedisi, cilt: 28, sayfa: 445
- ↑ Faruk Sümer, „Karamanoğulları“, TDV Diyanet İslam Ansiklopedisi, Ankara 2001, c. XXIV, s. 454-460.
- ↑ Alaaddin, Aköz (2005). „Karamanoğlu II. İbrahim Beyin Osmanlı Sultanı II. Murad'a Vermiş Olduğu Ahidnâme“ (PDF). Ankara Üniversitesi Dil ve Tarih-Coğrafya Fakültesi Tarih Bölümü Tarih Araştırmaları Dergisi. 71–92-bet. 2014-yil 19-noyabrda asl nusxadan (PDF) arxivlandi.
{{cite magazine}}
: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjuds:|cilt=
va|ölüurl=
(yordam); Unknown parameter|arşivtarihi=
ignored (|archive-date=
suggested) (yordam); Unknown parameter|sayı=
ignored (|issue=
suggested) (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|archivedate=
(yordam) - ↑ Faruk, Sümer. "Karamanoğulları" (Türkçe). TDV İslâm Ansiklopedisi. Türkiye Diyanet Vakfı. 454-460 b. Archived from the original on 2020-yil 5-noyabr. https://web.archive.org/web/20201205231439/https://islamansiklopedisi.org.tr/karamanogullari.
- ↑ Halil Ibrahim, İnal. Osmanlı Tarihi. Nokta Kitap, 2008 — 128-bet. ISBN 978-9944-1-7437-4.
- ↑ Prof. Yaşar Yüce-Prof. Ali Sevim: Türkiye Tarihi Cilt I, AKDTYKTTK Yayınları, İstanbul, 1991 p 252
- ↑ „Essay on the Beylik of Karaman“. 2010-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Bengi Ali |
Karamanoğulları beki 1423-1464 |
Vorisi: İshak Bey |