Kontent qismiga oʻtish

Kapillyarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
inglizcha: Capillary

Kapillyarlar (lotincha: capillaris — tola, qil), qil tomirlar — odam va hayvonlarning barcha toʻqimalari tarkibidagi eng mayda (nozik) qon tomirlar. Qon arteriyadan arteriolaga, Kapillyarlar oldi tomirlari (prokapillyar)ga, soʻngra Kapillyarlarga oʻtadi. Kapillyarlar uz. 0,5 mm boʻladi, devor boʻshliklari orqali havo va moddalar almashinuvi roʻy beradi. Kapillyarlarning boshlanish qismi arteriyaga, keyingi qismi esa venaga taalluqlidir. Qon Kapillyarlardan postkapillyarlarga, undan venulaga oʻtib, soʻngra vena tomiri boʻylab davom etadi. Natijada qon aylanish doirasi vujudga keladi. Limfa Kapillyarlari (qon Kapillyarlaridan oʻta nozikligi bilan farq qiladi) birbiriga qoʻshilib, limfa tomirlarini hosil qiladi, ular toʻqimalardan limfa suyuqligini shimib, limfa yoʻliga oʻtib, oxiri venaga quyiladi, organizmdagi yot zarralar va kasallik qoʻzgʻatuvchi bekteriyalarning limfa tugunlari orqali zararsizlanishiga yordam beradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil