Kameyama (Mie)
Kameyama 亀山市 | |
---|---|
Shahar | |
34°51′20.5″N 136°27′5.8″E / 34.855694°N 136.451611°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat | Kansai |
Prefektura | Mie |
Hukumat | |
• Mayor | Yoshiyuki Sakurai (since February 2009) |
Maydon | 190.91 km2 (73.71 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2021-yil) |
49 457 kishi |
Zichligi | 190 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9 |
Telefon kodi | 0595-82-1111 |
|
Kameyama (yaponcha: 亀山市 Kameyama-shi ) Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shahardir. 2021-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, shaharda 21,745 ta xonadonda 49,457 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 260 nafarni tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 190,91 km2 (73,71 sq mi) ga teng.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kameyama Mie prefekturasining shimoliy-markaziy qismida joylashgan. Shaharni shimoli-gʻarbiy qismidan Suzuka togʻlari, janubi-gʻarbiy qismidan esa Nunobiki togʻlari oʻrab turadi. Shahar hududining yarmidan koʻpi oʻrmonlardan iborat.
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mie prefekturasi
Shiga prefekturasi
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kameyama nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin hamda qor yogʻmaydi. Kameyamada oʻrtacha yillik harorat 15.1 °C (59.2 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,853.7 mm (72.98 in) eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26.7 °C (80.1 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan 4.3 °C (39.7 °F) boʻladi.
Kameyama (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 16,9 | 21,2 | 25,6 | 29,9 | 32,9 | 35,4 | 38,3 | 37,9 | 35,7 | 32,7 | 25,9 | 21,5 | 38,3 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 8,8 | 9,6 | 13,5 | 19,1 | 23,5 | 26,3 | 30,2 | 31,7 | 27,7 | 22,3 | 16,8 | 11,3 | 20,1 |
Oʻrtacha harorat, °C | 4,3 | 4,7 | 8,0 | 13,2 | 18,0 | 21,6 | 25,6 | 26,7 | 23,0 | 17,4 | 11,7 | 6,6 | 15,1 |
Oʻrtacha minimal, °C | 0,1 | 0,3 | 3,0 | 7,9 | 12,9 | 17,6 | 22,1 | 22,9 | 19,2 | 13,0 | 6,8 | 2,2 | 10,7 |
Mutlaq minimal, °C | −5,8 | −6,5 | −4,4 | −1 | 3,7 | 9,6 | 14,0 | 14,4 | 8,1 | 1,9 | −1,7 | −5,4 | −6,5 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 57,3 | 68,8 | 120,0 | 153,4 | 203,0 | 255,8 | 211,2 | 180,8 | 284,1 | 178,8 | 81,3 | 59,3 | 1 853,7 |
Manba: Japan Meteorological Agency[2][3] |
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Kameyama aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida sekin oʻsgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 39,148 | — |
1970 | 37,817 | −3.4% |
1980 | 40,578 | +7.3% |
1990 | 45,045 | +11.0% |
2000 | 46,606 | +3.5% |
2010 | 51,047 | +9.5% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kameyama Tokugava syogunati ostidagi Ise-Kameyama domeniga tegishli boʻlgan Kameyama qal’asi sifatida rivojlangan. XVII asrning boshlarida qal’a shaharchasi Kameyama-juku, Tokaidoning qirq oltinchi pochta stansiyasi edi. Tokaidodagi Seki-juku va Sakashita-juku ham uning chegaralariga kiradi. Ilk Meidzi davrida zamonaviy munitsipalitetlar tizimini tashkil etish jarayonida Kamayama-juku Suzuka tumanidagi Kameyama shahri sufatida tashkil etilgan. 1954-yil 1-oktyabrda u shahar maqomiga koʻtarildi.
2005-yil 11-yanvarda Seki shahri (Suzuka tumanidan) Kameyamaga birlashtirildi.
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kameyama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Kameyama Mie prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 2-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shamlar shaharning anʼanaviy mahsuloti hisoblanadi. Sharp korporatsiyasi 2004-yil 8-yanvardan beri shaharda dunyodagi eng yirik LCD zavodlaridan birini boshqarib kelmoqda.
Taʼlim tizim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kameyamada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn bitta davlat boshlangʻich taʼlim maktabi va uchta davlat oʻrta taʼlim maktabi hamda Mie prefekturasi taʼlim boshqarmasi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta taʼlim maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy litsey ham mavjud.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]JR Tokai — Kansai magistral liniyasi
- Idagava — Kameyama
JR Tokai — Kisei magistral liniyasi
- Kameyama — Shimonoshō
JR Gʻarb — Kansay magistral liniyasi
- Kameyama - Seki - Kabuto
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Higashi-Meihan ekspress yoʻli
- Ise tekor yoʻli
- Shin-Meishin tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnalish 1
- Milliy yoʻnalish 25
- Milliy yoʻnalish 306
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kameyama qal’asi
- Seki-juku
Xalqaro munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kameyama bilan birodarlashgan shaharlar :
- Gose, Nara, Yaponiya (1998)
- Habikino, Osaka, Yaponiya (1998)
Taniqli odamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shiro Hattori — tilshunos
- Teinosuke Kinugasa — kinorejissyor
- Kiyoshi Toyoda — beysbolchi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kameyama city official statistics“ (ja).
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.
- ↑ Kameyama population statistics
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kameyama shahrining rasmiy veb-sayti (yaponcha)