Juzgʻun
Juzgʻun yoki qandim (Calligonum) — torondoshlar oilasining bir turkumi. Oʻrta Osiyoda 90 ga yaqin turi bor, asosan, choʻllarda oʻsadi. Boʻyi 50 sm dan 3 m gacha. Mevasi quruq, 4—8 qanotchali, changchilari 12—18 ta. Barglari ketma-ket joylashgan, tez toʻkiladi. Shuningdek, bu turdagi oʻsimlik koʻrimsiz hisoblanib, uzunligi 5—7 mm, tasmasimon. Gullari ikki jinsli, oq, mayda, xushboʻy. Yogʻochi qattiq. Oʻzbekistonda, asosan, Qizilqumda va Markaziy Fargʻona qumlarida qora juzgʻun (lotincha: Calligonum aphyllum), norjuzgʻun (lotincha: Calligonum eriopodum), oq juzgʻun (lotincha: Calligonum junceum), qizil juzgʻun (lotincha: Calligonum caput-medusae) va boshqa turlari oʻsadi. Juzgʻunlar, asosan, koʻchma qumlarni toʻxtatish uchun ekiladi. Ayrim turlari tarkibida oshlovchi moddalar va alkaloidlar bor. Juzg‘unni mollar yeydi. Manzarali oʻsimlik sifatida ham ekiladi. Yonilgʻi-oʻtin sifatida qoʻllanadi. Juzgʻunlar oʻrtacha 25 yilgacha oʻsadi.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |