Kontent qismiga oʻtish

Torondoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Torondoshlar (Polygonaceae) -ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻt, buta va yarimbuta oʻsimliklar oilasi. Barglari ketma-ket oʻrnashgan, tekis qirrali. Gullari, asosan, ikki, baʼzan, bir jinsli, mayda, toʻpguli shingilsimon, boshoqsimon. Gulqoʻrgʻoni 3—6 boʻlakchali bir yoki ikki qavat. Changchisi 3—9 ta, urugʻchisi 2—4 ustunchali. Mevasi — uch qirrali yongʻoqcha. 30—35 turkumi, 1000 turi maʼlum. Oʻrta Osiyoda 7 turkumi bor. Hammasining tarkibida tannin mavjud (mas., toron, otquloq va rovoch).