José Luís
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | José Luís Mendes Andrade[1] | ||
Tavallud sanasi | 24-yanvar 1991-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Fogo, Kabo-Verde | ||
Boʻyi | 1.84 m[3] | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Hatayspor | ||
Raqami | 29 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2007 | Académica Fogo | ||
2008 | Batuque | ||
2009 | Gil Vicente | ||
Xalqaro medallar |
José Luís Mendes Andrade (talaffuzi: Xose Luis Mendes Andrade; 1991-yil 24-yanvarda tugʻilgan) — Kabo-Verdiyalik futbolchi, Hatayspor futbol klubi va Kabo Verde terma jamoasi hujumchisi. Kabo-Verdeda tugʻilgan, u 18 yoshida Portugaliyaga koʻchib oʻtgan va u yerda professional faoliyatini „Gil Vicente“ futbol klubida boshlagan. 2009-yil 29-noyabrda u Portugaliya Segundasida „Chaves“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[4]. 2010-yilning 15-aprelida „Beira Mar“ futbol klubiga qarshi bahsda José Luís jamoadagi ilk golini urgan[5]. Dastlabki ikki mavsumda u yaxshi oʻyin koʻrsatib, jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan, shuningdek, uning elitaga chiqishiga va Portugaliya Liga kubogi finaliga chiqishiga yordam bergan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil 24-mayda Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida José Luís Kabo-Verde terma jamoasida debyut qilgan[6].
U ilk xalqaro golini 2014-yilning 6-sentyabrida Nigerga qarshi 2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralashida urgan. Oradan 4 kun oʻtib, Zambiya terma jamoasiga qarshi saralash bahsida ham gol urgan. Baʼzi manbalar shuni koʻrsatadiki, José Luís 2012-yilda JCh-2014 saralashida (2-iyun) Syerra-Leonega qarshi oʻyinda va Afrika Millatlar Kubogi-2013 saralashida (16-iyun) Madagaskarga qarshi gol urgan[7][8].
2019-yil oktyabr oyida Togoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u 2 yildan ortiq vaqtdan beri birinchi marta milliy terma jamoada oʻynagan va 2014-yildan beri ilk golini kiritgan. 2019-yilning noyabr oyida u Afrika Millatlar Kubogi saralashida Mozambikga qarshi oʻynagan.
José Luís 2012, 2013, 2015, 2017, 2019 va 2021-yillarda Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichida ishtirok etgan, ammo Kabo-Verde saralash bosqichidan oʻtganida 2013 va 2015-yilgi final turnirlarida tarkibga kiritilmagan. José Luís 2014 va 2018-yilgi jahon chempionatlari saralashida ham ishtirok etgan.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Xalqaro turnir | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Gil Vicente | 2009—2010 | 5 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 5 | 4 | ||
2010—2011 | 22 | 10 | 0 | 0 | 5 | 2 | — | — | 27 | 12 | |||
Gil Vicente (ijara) | 2011—2012 | 13 | 4 | 0 | 0 | 3 | 1 | — | — | 16 | 5 | ||
Jami | 40 | 18 | 0 | 0 | 8 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 48 | 21 | |
Braga B | 2012—2013 | 15 | 4 | — | — | — | — | 15 | 4 | ||||
Braga | 2012—2013 | 15 | 4 | 1 | 1 | 2 | 0 | 5 | 0 | — | 23 | 5 | |
2014—2015 | 20 | 8 | 2 | 3 | 2 | 0 | — | — | 24 | 11 | |||
Jami | 35 | 12 | 3 | 4 | 4 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 47 | 16 | |
Videoton (ijara) | 2013—2014 | 26 | 9 | 3 | 1 | 9 | 5 | — | — | 38 | 15 | ||
Spartak Moscow | 2015—2016 | 24 | 8 | 1 | 2 | — | — | — | 25 | 10 | |||
2016—2017 | 21 | 5 | 1 | 0 | — | 2 | 0 | — | 24 | 5 | |||
2017—2018 | 16 | 2 | 2 | 2 | — | 5 | 2 | 1 | 0 | 24 | 6 | ||
2018—2019 | 25 | 10 | 3 | 1 | — | 8 | 3 | — | 36 | 14 | |||
Jami | 86 | 25 | 7 | 5 | 0 | 0 | 15 | 5 | 1 | 0 | 109 | 35 | |
Porto | 2019—2020 | 19 | 7 | 3 | 2 | 1 | 0 | 8 | 2 | — | 31 | 11 | |
2020—2021 | 1 | 0 | — | — | — | — | 1 | 0 | |||||
Jami | 20 | 7 | 3 | 2 | 1 | 0 | 8 | 2 | 0 | 0 | 32 | 11 | |
Lokomotiv Moscow | 2020—2021 | 8 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | — | 13 | 1 | |
Umumiy faoliyatida | 229 | 76 | 16 | 12 | 22 | 8 | 33 | 7 | 1 | 0 | 302 | 103 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Zé Luís“ (pt). Mais Futebol. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Zé Luís“. Eurosport. Qaraldi: 2020-yil 2-mart.
- ↑ José Luís Rossiya Premyer-ligasi saytida
- ↑ „Жил Висенте VS. Чавес 0:3“ (en). soccerway.com (2009—11—29). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
- ↑ „Жил Висенте VS. Бейра-Мар 1:1“ (en). soccerway.com (2010—04—15). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
- ↑ „Portugal held to 0–0 draw by Cape Verde“. USA Today (2010-yil 24-may). 2011-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-aprel.
- ↑ „Sierra Leone 2:1 Cape Verde“ (en). transfermarkt.com (2015—07—17). 2015-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-iyul.
- ↑ „Кабо-Верде VS. Мадагаскар 3:1“ (en). soccerway.com (2012—06—16). 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.