Jodelle Ferland
Jodelle Ferland | |
---|---|
Tavalludi |
Jodelle Micah Ferland 1994-yil 9-oktabr Nanaimo, British Columbia, Kanada |
Fuqaroligi | Kanada |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1996-yildan hozirgi kungacha |
Jodelle Micah Ferland[1](1994-yil 9-oktyabrda tug'ilgan) - kanadalik aktrisa. U to'rt yoshida "Mermaid"(2000) televizion filmida dastlabki aktrisalik faoliyatidagi rolini o'ynadi. U "Mermaid"dagi roli uchun "Young Artist Award''mukofotini olgan va ''Emmy Award'' taqdirlash mukofoti tarixidagi eng yosh nomzod bo'lgan. Uning karyerasi ''Carrie''(2002) televizion filmi, ''They''(2002), ''Tideland''(2005), ''Silent Hill'' (2006) va ''Case 39''(2009) va “Good Luck Chak"(Omad Chak) komediya filmlaridagi rollari bilan o'sib borgan. U shuningdek, "Kingdom Hospital''(Qirollik kasalxonasi)(2004) teleserialida ham rol ijro etgan.
2010-yillardan boshlab Ferland "Twilight Saga: Eclipse"(2010) romantik fantastik filmida va "The Cabin in the Woods''(O'rmondagi kabina)(2011) va "The Tall Man''(Bo'yli odam)(2012) filmlarida rollar ijro etgan. U shuningdek, "Dark Matter''(Qorong'u materiya)(2015–2017) teleserialida rol o'ynagan. Ushbu rol esa unga ''Saturn Award'' nominatsiyasini taqdim etgan[2].
Yoshlik yillari va karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ferland Kanadaning Britaniya Kolumbiyasining Nanaimo shahrida Valerie va Marco Ferlandning oilasida dunyoga kelgan.
2000–2010-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ferland o'z karyerasini ikki yoshida reklama roliklarida ro'l o'ynash bilan boshlagan va to'rt yoshida ''Mermaid'' televizion filmida karyerasidagi dastlabki rolni ijro etgan. Uning ijrosi uchun u ''Daytime Emmy Award''ning nominatsiyasini oldi va mukofotning eng yosh nomzodiga aylandi. U "Stargate Atlantis", "Dark Angel"(Qorongʻu farishta), "Stargate SG1"(Yulduzlar darvozasi SG-1), "Smallville" va "Supernatural" kabi bir nechta teleseriallarda rol o'ynagan.
2005-yilda u Terry Gilliamning "Tideland" dramasida rol o'ynadi. Buning uchun u "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida "Genie Award"ga sazovor bo'ldi. Keyinchalik, u 2006-yilgi "Silent Hill" filmida rol o'ynab tanilgan. "Lions Gate Entertainment"ning video o'yinida ham ishtirok etgan. "Omad Chak" filmida kichik rolni o'ynadi. 2006-yilda u, 2009-yilda chiqqan Lillith Sallivan rolini "Case 39" nomli filmida Renee Zellvegerga raqib sifatida oʻynagan. 2006-yil oktabr oyida yuz bergan falokat sababli, filmni davom ettirish ishlari kechiktirilgan.
2010-yilda Ferland "Twilight" seriyasining uchinchi filmi - "Eclipse"(Tutilish) romantik fantastik filmida Bree Tanner rolini o'ynadi. Ushbu filmda rol o'ynagan payti Ferland shunday deganedi: "Odatda men rolga kirishdan oldin ssenariyni oʻqib chiqaman, lekin buni oʻqimaganman". 2010-yildan 2011-yilgacha u "BioShock 2" videooʻyini va uning yuklab olinadigan kontenti uchun ovoz berish jarayonlarida qatnashdi. "SyFy" filmi hisoblanuvchi “Ice Quake”da suratga tushdi va "Lifetime"ning televizion filmida “Girl Fight"(Qiz jangi)da rol oʻynadi.
2011-yildan hozirgi kungacha
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilda Ferland “Mighty Fine” dramasida,“The Tall Man"(Uzin boʻyli odam) nomli filmida, Joss Whedonning “The Cabin In the Woods"(Oʻrmondagi kulba) filmida rollar ijro etgan. "Uyda yolg'iz:bayram o'g'irligi" filmida ham rol ijro etgan. “The Cabin in the Woods"(Oʻrmondagi kulba) filmi uchun suratga olish ishlari 2009-yilda boʻlib oʻtdi. U shuningdek, “Oskar” nominatsiyasiga sazovor boʻlgan “Para Norman” animatsion filmida bosh rolga ovoz bergan edi.
2013-yildan 2014-yilgacha u “Midnight Stallion” oilaviy filmida, “Monster” qisqa metrajli filmda va “A Wardens Ransom"(Qoʻriqchining toʻlovi) nomli jinoyat drama filmida rol oʻynagan. 2015-yilda u "The Goodbye Girl" nomli qisqa metrajli filmida va 24-oktabrda "Film4 Frightfest" kinofestivalida premyerasi boʻlgan "The Unspoken" filmida rol oʻynadi. 2016-yilda u "Lifetime" filmida paydo boʻldi. "My Doughter's Disgrace"(Qizimning sharmandaligi) televizion filmida va Sam Maggs tomonidan yozilgan "Wonder Women" audio kitobining ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.
2015-yildan 2017-yilgacha Ferland xuddi shu nomdagi komikslar haqidagi kitobiga asoslangan "SyFy"ning "Dark Matter" seriyalida bosh rolni o'ynadi. Rol haqida u shunday degan: "Mening oxirgi "Dark Matter" ko'rsatuvimda odamlar meni masxara qilishdi. Chunki men aktyorlar tarkibidagi eng yoshiman". U 2016-yilda teleserialdagi yosh aktyorning eng yaxshi ijrosi uchun "Saturn Award' mukofotiga nomzod boʻlgan. 2017-yilda u, 2002-yilgi “Neverknock” filmining davomi boʻlgan "Bigger Fatter Liar" komediyasida rol ijro etgan edi.
2018-yilda u "Frankie Drake Mysteries" epizodida paydo bo'ldi. Oʻsha yili Ferland “Darken: Before the Dark” nomli raqamli serialda Olive rolini oʻynadi. “Darken” filimida ham rol ijro etgan. Rejissor Amanda Tapping tomonidan suratga olingan "Women Seen"(Ayollar ko'rgan) qisqa metrajli filmida suratga tushishi rejalashtirilgan.
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2000 | The Linda McCartney Story | Heather (age 5–6) | |
2001 | Deadly Little Secrets | Madison | |
2002 | They | Sarah | |
2005 | Tideland | Jeliza-Rose | shuningdek: Sateen Lips, Glitter Gal, Mustique va Baby Blonde qatnashgan. |
2006 | Silent Hill | Sharon Da Silva / Alessa Gillespie / Dark Alessa | |
2006 | Amber's Story | Nichole Taylor Timmons | |
2007 | The Messengers | Michael Rollins | |
2007 | Seed | Emily Bishop | |
2007 | Good Luck Chuck | Lila Carpenter | |
2007 | BloodRayne 2: Deliverance | Sally | |
2008 | Wonderful World | Sandra | |
2009 | Case 39 | Lillith Sullivan | |
2010 | The Twilight Saga: Eclipse | Bree Tanner | |
2012 | Mighty Fine | Natalie Fine | |
2012 | The Tall Man | Jenny | |
2012 | The Cabin in the Woods | Patience Buckner | |
2012 | ParaNorman | Aggie | Ovoz bergan |
2013 | Midnight Stallion | Megan Shepard | Dastlab Midnight Rider deb nomlangan |
2014 | A Warden's Ransom | Kit Brandt | Film dastlab Steel & Stilettos deb nomlangan |
2015 | The Unspoken | Angela | "Briar uyining quvg'inlari" yoki "Amitivil dahshatining kelib chiqishi" nomi bilan ham tanilgan |
2017 | Bigger Fatter Liar | Becca | |
- | The Office Games | Tina | Hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan kino |
Televizion
[tahrir | manbasini tahrirlash]Year | Title | Role |
---|---|---|
1999 | Cold Squad | Hailey Hatcher |
2000 | Higher Ground | Young Juliette |
2000 | Mermaid | Desiree Leanne 'Desi' Gill |
2000 | Special Delivery | Samantha Beck |
2000 | Sole Survivor | Nina Carpenter |
2001 | Wolf Lake | Lily Kelly |
2001 | Dark Angel | Annabelle Anselmo |
2001 | The Lone Gunmen | Mary the Little Girl |
2001 | So Weird | Maria |
2001 | The Miracle of the Cards | Annie |
2001 | Trapped | Heather |
2002 | Special Unit 2 | Focus Group Girl |
2002 | John Doe | Jenny Nichols |
2002 | Carrie | Little Carrie |
2003 | Smallville | Emily Eve Dinsmore |
2003 | Dead Like Me | Kirsti |
2003 | Mob Princess | Young Patti |
2004 | Kingdom Hospital | Mary Jensen |
2004 | The Collector | The Devil / Little Girl |
2004 | 10.5 | Little 'Wow!' Girl |
2004 | Too Cool for Christmas | Alexa |
2006 | Supernatural | Melanie Merchant |
2006 | Stargate SG-1 | Adria (age 7) |
2006 | Masters of Horror | Lisa |
2006 | The Secret of Hidden Lake | Young Maggie Dolan |
2007 | Stargate Atlantis | Harmony |
2007 | Pictures of Hollis Woods | Hollis Woods |
2008 | Céline | Young Céline |
2010 | Ice Quake | Tia Webster |
2011 | Girl Fight | Haley Macklin |
2011–2012 | The Haunting Hour: The Series | Alice / Sara |
2012 | Home Alone: The Holiday Heist | Alexis Baxter |
2015 | Motive | Sophie Glass |
2015–2017 | Dark Matter[lower-alpha 1] | Five / Das / Emily Kolburn |
2016 | My Daughter's Disgrace | Audrey |
2017 | Neverknock | Leah |
2018 | Frankie Drake Mysteries | Ana |
2018 | Darken: Before the Dark | Olive |
2019 | Supernatural | Emily |
2020 | The Order | Zecchia |
Video o'yinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2010 | BioShock 2 | Little Sisters | Ovozli rol |
2010 | BioShock 2: The Protector Trials | Little Sisters | Ovozli rol |
2010 | BioShock 2: Minerva's Den | Little Sisters | Ovozli rol |
Audio kitoblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hikoyachi sifatida Sam Maggsning"Wonder Women"(Ayollar mo''jizasi)(2016) kitobiga ovoz bergan.
Mukofotlar va nominatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Mukofot | Turkum | Nomzod qilingan ish | Natija | Ref |
---|---|---|---|---|---|
2001 | Young Artist Award | Televizion filmdagi eng yaxshi spektakl (Komediya yoki drama) – Oʻn yoki undan kichik yoshdagi yosh aktrisa | G'olib | [3] | |
2001 | Daytime Emmy Award | Bolalar dasturlash bo'yicha ajoyib ijrochi | Nomzod bo'lgan | ||
2004 | Young Artist Award | Teleserialdagi eng yaxshi spektakl – Yosh aktrisa ishtirokidagi mehmon | Nomzod bo'lgan | [4] | |
2004 | Leo Award | Dramatik serial: Ayol tomonidan eng yaxshi mehmon ijrosi | Nomzod bo'lgan | [5] | |
2005 | Young Artist Award | Teleserialdagi eng yaxshi spektakl (komediya yoki drama) – Oʻn yosh va undan kichik yosh aktrisa | Nomzod bo'lgan | [6] | |
2007 | Genie Award | Bosh roldagi aktrisaning eng yaxshi ijrosi | Nomzod bo'lgan | ||
2007 | Saturn Award | Yosh aktyorning eng yaxshi spektakli | Nomzod bo'lgan | ||
2008 | Young Artist Award | Televizion film, miniserial yoki maxsus filmdagi eng yaxshi spektakl – yetakchi yosh aktrisa | Nomzod bo'lgan | [7] | |
2008 | CAMIE Award | Televizion film, serial yoki maxsus filmdagi yetakchi ijro | Nomzod bo'lgan | ||
2009 | Young Artist Award | Televizion film, miniserial yoki maxsus filmdagi eng yaxshi spektakl – yordamchi yosh aktrisa | Nomzod bo'lgan | [8] | |
2010 | Leo Award | Qisqa dramadagi eng yaxshi ayol spektakli | Nomzod bo'lgan | [9] | |
2011 | Fangoria Chainsaw Award | Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa | Nomzod bo'lgan | ||
2016 | Saturn Award | Teleserialdagi yosh aktyorning eng yaxshi spektakli | Nomzod bo'lgan | [10] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Based on the Dark Matter comic.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jodelle Ferland“ (en-US). TV Guide. 2021-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
- ↑ „Mermaid“ (19-may 2000-yil). 2014-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2000-yil.
- ↑ „22nd Annual Young Artist Awards“ (en-US). Young Artist Awards (2014-yil 28-sentyabr). 2014-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ „25th Annual Young Artist Awards“ (en-US). Young Artist Awards (2004-yil 8-may). 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
- ↑ „Leo Awards, 2004 Winners“ (en-CA). Leo Awards. 2021-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ „26th Annual Young Artist Awards - Nominations / Special Awards“ (en-US). Young Artist Awards (2008-yil 4-mart). 2008-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ „29th Annual Young Artist Awards - Nominations / Special Awards“ (en-US). Young Artist Awards (2008-yil 6-iyul). 2008-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ „30th Annual Young Artist Awards - Nominations / Special Awards“ (en-US). Young Artist Awards (2011-yil 19-iyul). 2011-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ „Leo Awards, 2010 Winners“ (en-CA). Leo Awards. 2021-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ Bryant, Jacob „'Star Wars,' 'Mad Max,' 'Walking Dead' Lead Saturn Awards Nominations“ (en-US). Variety (2016-yil 24-fevral). 2022-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jodelle Ferland IMDbda
- Jodelle Ferland Twitter sahifasi