Joʻra Tojiyev
Joʻra Tojiyev (1911 Toshkent 1995.12.6) — Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Ijodiy faoliyatini 1928-yilda Yesh tomoshabinlar teatrida boshlagan. 1930-yildan Hamza teatrida ishlagan. Asosiy rollari: Alijon (Komil Yashin, A. Umariy, „Hamza“), Boris Grigoryevich (Aleksandr Ostrovskiy, „Momaqaldiroq“), Hakimjon (Uygʻun, „Navbahor“), Dobchinskiy (Nikolay Gogol, „Revizor“), Shobarot (Abdulla Qahhor, „Tobutdan tovush“), Graf Kent (F. Shiller, „Qaroqchilar“), Valer (Molyer, „Zoʻraki tabib“), Rahmon (Komil Yashin, „Yondiramiz“), Rozenkrans, Rodrigo (U. Shekspir, „Xamlet“, „Otello“), Abror, Toshpoʻlat (Uygʻun, „Parvona“, „Parvoz“), Jamol (A. Qaxdor, „Ayajonlarim“), Joʻra (S. Ahmad, „Kuyov“) va boshqa Qahramonlarining tashqi qiyofasiga, yurishturishiga, mimikasiga koʻproq eʼtibor berish, dilkash va oddiy kishilar qiyofasini boʻrttirib koʻrsatishga intilish T. ijodiga xosdir. Ayniqsa, „Otello“ tragediyasidagi Rodrigo obrazi uning ijodida alohida oʻrin tutadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |