Jermuk
Jermuk ( armancha: Ջերմուկ ) - tog'li kurort shaharchasi va Armaniston janubidagi Vayots Dzor viloyatining Jermuk munitsipaliteti markazi. viloyat markazi Yeghegnadzordan sharqda 53 km o'zoqlikda joylashgan. Sovet Ittifoqida sanitorik turizm uchun mashhur joylardan biri hisoblangan[1].
Jermuk o'zining issiq buloqlari va shaharda shishaga solib qadoqlangan mineral suv markalari brendi bilan ham mashhur. Uning toza havosi, sharsharalari, sun'iy ko'llari, sayr uchun tabiiy joylari, atrof muhiti, o'rmonlari va mineral suv havzalari bilan jozibali. Hozirgi kunda shahar zamonaviy turizm va sog‘liqni saqlash xizmatlari markaziga aylantirish maqsadida qayta obodonlashtirilmoqda. Shuningdek, u yirik shaxmat markaziga aylanishi uchun qayta tashkil etilmoqda, shaharda ko'plab xalqaro shaxmat turnirlari o'tkazilishi rejalashtirilgan[2]. 2016-yilgi rasmiy hisob-kitoblarga ko'ra, Jermukning aholisi 3400 kishi ga yaqin edi. Biroq, 2011-yilgi kelib aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, Jermuk aholisi 5,572 kishiga yetgan. Yaqin atrofdagi Herher, Karmrashen va Gndevaz qishloqlari ham Jermuk munitsipaliteti tarkibiga kiradi.
Etimologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar nomi armancha "jermuk" ( ջերմուկ ) yoki "jermook" so'zlaridan olingan bo'lib, g'arbiy arman tilida "chermoug", "iliq mineral buloq" degan ma'nolarni anglatadi. Jermuk atamasini birinchi marta XIII asrda tarixchi Stepanos Orbelian o'zining "Sisakan viloyati tarixi" asarida aytib o'tgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jermuk tarixan Armanistondagi Syunik viloyatining Vayots Dzor viloyatining bir qismi hisoblangan hududni egallaydi. Bu haqda birinchi marta XIII asrda tarixchi Stepanos Orbelyan o'zining "Sisakan viloyati tarixi" asarida aytib o'tgan. Qadimgi siklop qal'asi qoldiqlari va VIII asrga oid bazilika xarobalari Jermuk buloqlari atrofidagi hudud XIII asrdan ancha oldin paydo bo'lganiligidan dalolat beradi[3]. Jermuk hududi X, XII asrlarda, Vayots Dzor Syunik qirolligi tarkibiga kirgan hamda o'sha davrda Siuniya sulolasi tomonidan boshqarilgan. Syunik knyazlari Jermukning mineral buloqlarini anchayin shifobaxsh deb bilishgan hamda ular bilan to'ldirilgan bir nechta hovuzlar qurishgan va bu kichik shaharchani dam olish maskaniga aylantirishgan. O'rta asrlarda Ipak yo'li Vayots Dzor hududidan, xususan, hozirgi vaqtda Martuni shahrini Yeghegnadzor bilan Jermukning shimoli-g'arbiy qismini bog'laydigan yo'l orqali o'tgan.
XVI asr boshlarida Sharqiy Armaniston Safaviylar Fors hukmronligi ostiga oʻtadi. Jermuk hududi Erivan Beglarbegi va keyinchalik Erivan xonligi tarkibiga kirgan. XVI hamda XVII asrlar oraligʻi Vayots Dzor tarixidagi eng og'ir davr hisoblanadi. Bu hudud turkiy va eron qabilalarining bosqinchi qoʻshinlari oʻrtasidagi tez-tez jang maydoniga aylangan. Natijada ko‘plab muhim obidalar, obod qishloqlar vayron bo‘lgan, aholi esa qishloqdan ko‘chirilgan. 1747-yilda Jermuk yangi tashkil etilgan Naxichevan xonligi tarkibiga kiradi.
1826—2028-yillardagi rus-fors urushidan soʻng 1828-yilda Rossiya imperiyasi bilan Fors oʻrtasida Turkmanchay shartnomasi imzolanishi natijasida Sharqiy Armanistonning koʻplab hududlari, jumladan, Vayots-Dzor ham Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan. 1828–1830-yillarda Eronning Salmas va Khoy shaharlaridan koʻplab arman oilalari Sharqiy Armanistonga, xususan, keyinchalik 1840-yilda Erivan gubernatorligi tarkibiga kirgan hududlarga koʻchirilgan. Arman koʻchmanchilarining birinchi toʻlqini 1828–1829-yillarda Vayots Dzor viloyatiga yetib keladi. Rossiya hukmronligi ostida Jermuk shahri sezilarli o'sish va rivojlanishga guvoh bo'ladi. XVIII asrning 30-yillarida rus geologi G. Voskoboynikov Armanistonga keladi va Jermukning geografik chuqurligi, shuningdek, Jermuk suvlarining tarkibi va xususiyatlarini o'rganishni boshlaydi. Uning Jermuk haqidagi kuzatishlari 1831-yilda "Tog' jurnali" gazitasida, keyinroq 1855-yilda "Kavkaz kalendasi" jurnalida nashr etilgan. Voskoboynikovning asarlari Jermuk haqidagi birinchi ilmiy suhbatlar edi.
1860-yillarda Syunikning Orbel knyazlari tomonidan qurilgan Jermukning barcha tarixiy buloqlari Rossiya hukumati qaroriga binoan Gevorg Khanagyan tomonidan ta'mirlangan. Bugungi kunda "Pristav buloqlari" deb ataladigan hovzalari tarixiy yodgorlik sifatida saqlanib qolgan. 1870-yilda Jermuk Erivan gubernatorligi tarkibida yangi tashkil etilgan Sharur Daralagez uyezdi tarkibiga kiradi.
1931-yilda Jermuk Sovet Armanistonining yangi tashkil etilgan Azizbekov tumani tarkibiga kiritilgan. Jermukning birinchi shaharsozlik rejasi 1945-yilda me'mor P. Msryan tomonidan kiritilgan. 2-loyihasi esa 1952-yilda arxitektor P. Manukyan tomonidan tuzilgan. Keyinchalik loyiha 1960-yillarning boshlarida o'zgartirilgan.
1918–1920-yillarda Jermuk bir muddat Armaniston Respublikasi tarkibiga kiradi. Armaniston sovetlashtirilgandan so'ng, Jermuk va uning atrofidagi hududlar Sovet hokimiyatiga qarshilik ko'rsatgan hududlardan biriga aylangan. Garegin Njde boshchiligida tan olinmagan Tog'li Armaniston Respublikasini tashkil etiladi. Biroq, 1921-yil iyul oyida bolsheviklar qo'liga o'tib, Jermuk Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kiradi. 1961-yilda Jermuk Azizbekov tumanidagi shahar tarkibiga kiritilgan. Birinchi sanatoriya 1962-yilda, ikkinchisi 1963-yilda va mineral suv kurort markazi 1966-yilda ochilgan bo'lib, Jermukni barcha sovet fuqarolari uchun zamonaviy kurortga aylantirish uchun Jermuk kurort markazining unumdor faoliyatiga yo'naltirilgan. 1967-yilda Jermukga respublika bo'ysunuvchi shahar maqomi berilgan
Xizmatlarning bosqichma-bosqich rivojlanishi bilan Jermuk aholisi 1980-yillarda 9000 kishiga yetgan. 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan so'ng Armaniston mustaqillikka erishgandan keyingi iqtisodiy inqiroz natijasida XXI asrning birinchi o'n yilligida aholi soni 5000 dan kamroqgacha keskin kamaygan. 1995-yilda Jermuk 1995-yilgi ma'muriy islohotlarga ko'ra yangi tashkil etilgan Vayots Dzor viloyati tarkibiga kirgan. Biroq, so'nggi yillarda Jermukda ko'plab rivojlanish rejalari amalga oshirildi. Shaharni yozgi kurort va qishki sayyohlik yo'nalishi sifatida yanada rivojlantirish, shu jumladan yaqin atrofdagi Kechut qishlog'i va Jermuk aerodromi qurildi. Ko‘plab yangi mehmonxonalar va sog‘lomlashtirish markazlari ochildi, ko‘plab sanatoriylar qayta ta’mirlandi, tog‘-chang‘i kurortining kanat yo‘lining 1-bosqichi to‘liq ta’mirlandi.
Sport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jermuk Armanistondagi qishki sport turlari bo'yicha asosiy markazlardan biri. Shaharning janubi-sharqida joylashgan chang'i zonasiga 900 metr uzunlikdagi kanat yo'li xizmat qiladi. Viloyatda qishki turizmni rivojlantirish maqsadida tog‘-chang‘i liftining ikkinchi bosqichi bo‘yicha ishlar davom etmoqda[4].
Jermuk shaxmat bo‘yicha xalqaro turnirlarning muntazam o‘tkaziladigan joyi hisoblanadi. Har yili yozda shaharda shaxmat bo'yicha FIDE Gran-pri Jermuk turniri o'tkaziladi.
Shaharda Sovet davridan qolgan katta, garchi qarovsiz bo'lsa ham, yopiq sport saroyi bor.
Yaqin shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jermuk egizak :
- Arkhangelsk, Russia (2018)[5]
- Saint-Raphaël, France (1997)[6]
Taniqli odamlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Narek Sarkisyan, arman arxitektori va siyosatchisi [ <span title="This claim needs references to reliable sources. (December 2019)">iqtibos kerak</span> ]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Snow art fest is one more reason to pack your bag for Armenia
- ↑ Jermuk economy
- ↑ „Jermuk Group: Jermuk city“. 2013-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
- ↑ Նախագահ Սերժ Սարգսյանի աշխատանքային այցը Ջերմուկ
- ↑ „Города-побратимы Архангельска“ (ru). m.arhcity.ru. Arkhangelsk. Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.
- ↑ „Saint-Raphaël, territoire de jumelages“ (fr). ville-saintraphael.fr. Saint-Raphaël. 2019-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mo'ljal: Jermuk (Wayback Machine saytida 2022-02-22 sanasida arxivlangan)
- Jermuk turistik qo'llanma (Wayback Machine saytida 2017-05-06 sanasida arxivlangan)
- Jermuk FIDE Gran-prisi 2009 yil
- Jermuk Armaniston kurorti
- Jermuk Moskva sog'lomlashtirish kurorti