Jensen Huang
Jensen Huang
| |
---|---|
Tugʻilgan | Tainan, Tayvan
| 1963-yil 17-fevral tugʻilgan
Taʼlim | Oregon davlat universiteti (BS) Stanford universiteti (MS) |
Kasblar | Aosiy kasbi elektr muhandisi
Nvidia kompaniyasi prezident va bosh direktor boʻlgan |
Nom | Nvidia korporatsiyasi asoschisi, prezidenti va bosh direktori |
Rafiqasi | Lori Huang |
Bolalar | 2[1] |
Qarindoshlar | Lisa Su
AMD raisi |
Jen-hsun „Jensen“ Huang 1963-yil 17-fevralda tugʻilgan[2]. U Amerikalik biznesmen, elektrotexnika muhandisi, Nvidia kompaniyasi prezident va bosh direktor boʻlgan. U 1993-yilda 30 yoshida Nvidia kompaniyasiga asos solgan. Uning kompaniyasi 2024-yil iyun oyida dunyodagi ikkinchi yirik kompaniyaga aylangan[3]. 2024-yil iyun oyida Forbes Xuangning boyligini 114 milliard dollarga baholandi. Dunyodagi eng boy insonlar qatorida Mukesh Ambani 12-oʻrinni egallagan[4][5].
Erta hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Huang 1963-yil 17-fevralda Tayvanning Taynan shahrida tugʻilgan. U 5 yoshiligida oilasi Tailandga koʻchib oʻtgan. U 9 yoshga toʻlganida akasi Vashingtonning Tacoma shahridagi amakisinikiga yashash uchun yuborilgan. U 10 yoshida, Kentukki shtatining Oneida shahridagi boshlangʻich maktabida oʻqiyotganda akasi bilan bolalar yotoqxonasida yashagan[6]. Bir necha yil oʻtgach, ularning ota-onalari ham Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtishgan. Huang Aloxa shahridagi oʻrta maktabini tamomlagan. U 2 yilni oʻtkazib yuborgan. Keyin u oʻn 16 yoshida maktabni bitirgan. 1980-yillarda Oregonda ulgʻayganida, Huang mahalliy Denni restoranida ishga kirgan. U yerda avtobuschi va ofitsiant boʻlib ishlagan.
Huang 1984-yilda Oregon shtatining universitetida elektrotexnika boʻyicha bakalavriat darajasini tugatgan[7]. Keyin 1992-yilda Stenford universitetida elektrotexnika boʻyicha magistrlik darajasini tamomlagan.
Ish faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Huang LSI Logic kompaniyasida CoreWare direktori va Advanced Micro Devices (AMD) da mikroprotsessor dizayneri boʻlib ishlagan[8]. 1993-yilda, 30 yoshida Kris Malachovskiy va Kertis Priem bilan birgalikda Nvidia kompaniyasiga asos solgan. Keyin u kampaniyaning bosh direktori va prezidenti boʻlgan. 2024-yildan Huang Nvidia kompaniyasining bosh ijrochi direktori boʻlib kelgan. U Nvidiaʼning 3,6% aksiyasiga egalik qilgan[9]. U 1999-yilda birjaga chiqgan. U 2007-yilda bosh direktor sifatida 24,6 million mablagʻ ishlab topgan. Forbes hisoblashi boʻyicha u 61-oʻrinni egallagan. Uning sof boyligi 2019-yilda 3 milliard AQSh dollar va 2024-yilning may oyida 90 milliard dollargacha koʻtarilgan. 2024-yil iyun oyida Nvidiaʼning bozor kapitallashuvi birinchi marta 3 trillion AQSH dollariga yetdi va Huangning sof boyligi 100 milliard AQSh dollarigacha oʻsgan. Oʻsha paytga kelib, ommaviy axborot vositalari Huangning Tayvandagi mashhur maqomiga ishora qilish uchun „Jensanity“ atamasini ishatgan. U 2012-yildagi „Linsanity“ fenomeni bilan solishtirilgan. Huang Taypeydagi Computex 2024-yilda eʼtibor markazida boʻlgan[10]. Koʻp sonli muxlislar va paparatsilar Huang va uning oila aʼzolari 2024-yilgi tashrifi chogʻida har safar omma oldiga chiqqanlarida ularni kuzatib borishgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1999-yil: Ernst Young tomonidan yuqori texnologiyalar sohasida yil tadbirkori.
- 2002-yil: Janubiy Kaliforniya universitetidan Daniel J. Epshteyn muhandislik boshqaruvi mukofotini olgan. 2004-yil: Fables Semiconductor Assotsiatsiyasining Doktor Morris Chang namunali yetakchilik mukofotiga sazovor boʻlgan.
- 2005-yil: Oregon shtat universiteti bitiruvchilari nominatsiyasi bilan taqdirlangan.
- 2007-yil: Korporativ va xayriya dunyosidagi faoliyati uchun Silikon vodiysi taʼlim jamgʻarmasining Kashshof biznes yetakchisi mukofotiga sazovor boʻlgan.
- 2009-yil iyun: Oregon shtati universitetining faxriy doktori unvonini olgan.
- 2018-yil: Edge 50 roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, chekka hisoblash boʻyicha dunyodagi eng yaxshi 50 ta taʼsir koʻrsatuvchi roʻyxatga kiritilgan.
- 2019-yil oktyabr: Garvard Business Review tomonidan dunyodagi eng yaxshi ishlagan bosh direktor deb topilgan.
- 2020-yil noyabr: Automotive News Europe Eurostars tomonidan „Yilning yetkazib beruvchi bosh direktori“ deb topilgan.
- 2020-yil noyabr: Milliy Tayvan universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor boʻlgan.
- 2021-2024 yillar: Time 100, Time jurnalining dunyodagi eng nufuzli 100 kishining yillik roʻyxatiga kiritilgan. 2024-yil fevral: Milliy muhandislik akademiyasiga „sunʼiy intellekt inqilobini kuchaytiruvchi yuqori quvvatli grafik ishlov berish bloklari uchun“ saylangan.
- 2024-yil may: Gold House tomonidan A1 mukofoti sovrindori sifatida tan olingan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Huang oʻzining boʻlajak rafiqasi Lori Millsni uchratgan. U oʻsha paytda uning muhandislik laboratoriyasi hamkori edi. Ularning ikki farzandi bor: Spenser Huang va Medison Huang Spenser[11]. 2015-yilda Taypeyda bar ochgan. Forbes tomonidan Osiyodagi eng yaxshi 50 ta bardan biri sifatida eʼtirof etilgan. Bar 2021-yil may oyida yopilgan. Huang oilasi Nvidia 1999-yilda ommaga taqdim etilishidan oldin oddiy uylarida yashagan. 2003-yilda ular Los-Altos-Xillzdagi (Kaliforniya) kattaroq uyga koʻchib oʻtishgan[12]. 2004-yilda Gavayidagi Vailea shahridagi ikkinchi uyga ega boʻlishgan. 2017-yilda San-Frantsiskodagi saroyni 38 million dollarga sotib olgani xabar qilingan. Huang va AMD raisi va bosh direktori Liza Su qarindoshlardir[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „多圖|黃仁勳混血帥兒曝光!結束台北酒吧 進NVIDIA幫老爸做這事|壹蘋新聞網“. Nextapple (in Chinese (Taiwan)). May 31, 2023. Archived from the original on October 3, 2023. Retrieved June 10, 2023.
- ↑ Nextapple (in Chinese (Taiwan)). May 31, 2023. Archived from the original on October 3, 2023. Retrieved June 10, 2023.
- ↑ Nimmo, Jamie (July 4, 2020). „'It would be a tragedy if ARM did not move into the new era,' says Nvidia boss Jensen Huang“
- ↑ "Jensen Huang". NVIDIA. Archived from the original on May 31, 2021. Retrieved August 6, 2015.
- ↑ Jensen Huang". Forbes. May 29, 2024. Retrieved May 29, 2024
- ↑ Rogoway, Mike (June 2, 2008). „The Silicon Forest Blog: NVIDIA v. Intel: Rivalry heating up“. The Oregonian. Archived from the original on March 3, 2016. Retrieved June 2, 2008.
- ↑ Takahashi, Dean (September 26, 2023). „Jensen Huang returns to Denny’s where trillion-dollar company began“
- ↑ Time. September 7, 2023. Archived from the original on November 6, 2023. Retrieved November 6, 2023.
- ↑ Forbes. April 30, 2008. Archived from the original on May 9, 2008. Retrieved November 15, 2021.
- ↑ Gurdus, Lizzy (May 6, 2018). „Nvidia CEO: My mom taught me English a 'random 10 words at a timeʼ before we emigrated from Taiwan“
- ↑ Tilley, Aaron (November 30, 2016). „The New Intel: How Nvidia Went From Powering Video Games To Revolutionizing Artificial Intelligence“
- ↑ Fitch, Asa (February 26, 2024). „Nvidiaʼs Stunning Ascent Has Also Made It a Giant Target“
- ↑ Lin, Liza; Wang, Joyu; Jie, Yang (June 8, 2024). „Nvidiaʼs Jensen Huang Finds Celebrity Status“
Havolalar
- "„Jen Xsun Huang bilan intervyu“". „Wired“, 2002-yilning iyul oyida. 10-qadam, 7-son.
- Nvidia korporativ tarjimai holi
- Jen-Hsun Huang. „GPU Technology Conference 2015 - Leaps in Visual Computing“ (2015). Qaraldi: 2015-yil 26-mart.