Kontent qismiga oʻtish

Jasur Shametov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jasur Shametov
Tavalludi 25-may 2024-yil
Vafoti 10-fevral 2024-yil
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi operator, rejissyor

Jasur Shametov (1985-yil 25-may2024-yil 10-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston) – operator, rejissor, klipmeyker[1].

Jasur Shametov 1985-yil 25-may kuni tavallud topgan.

Jasur „Zarb“, „Gunoh“, „Poyma-poy“, „Sadoqat“, „Qalbaki dunyo“, „Achchiq hayot“, „Qalbim oʻgʻrisi“ kabi bir qancha badiiy filmlarda operatorlik, „Mahallada nima gap“ musiqiy-komedik filmida rejissyorlik qilgan. U 2021-yili „Zakovat“ klubining yangi madhiyasi boʻlgan Shoxrux reperning „Zakovat“ qoʻshigʻiga klip suratga olgan[2]. Jasur Shametov 2024-yil 10-fevral kuni 39 yoshida vafot etgan.

  1. „Taniqli klipmeyker Jasur Shametov 39 yoshida vafot etdi“ (daryo.uz). 2024-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
  2. „Таниқли клипмейкер Жасур Шаметов вафот этди.“ (kun.uz). 2024-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.