Jarinquduq botigʻi
Qiyofa
Jarinquduq botigʻi - Ustyurt platosining shimoli-gʻarbidagi botiq. Bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi, qolgani Qozogʻiston Respublikasi xududida joylashgan. J. b. neogen (sarmat)ning oqaktosh, mergel jinslaridan tarkib topgan. Mutlaq bal. Shimoli-sharqida 72—73 m. Nisbiy chuq. 3—5 m. Uz. 60—65 km, eni 12—14 km. Tubi yassi tekislik, marzasimon balandlik va doʻngliklar mavjud, qatqaloq va poʻrsildoq shoʻrxoklar bilan band. Yer osti suvlari J. b.da yuqoriga koʻtarilishi tufayli bugʻlanish jarayonida tuz toʻplanadi. Grunt suvlarining shoʻrligi hol da 80—100 g va undan koʻp, sulfat-xlorid turiga oid. Shoʻr joylarda oʻsimlik oʻsmaydi, faqat botiqning chekkalarida bir yillik shoʻralar, sarisazan, qorabaroq, onda-sonda saksovul oʻsadi.[1]