Vyetnam Respublikasi
Vyetnam Respublikasi vyetnamcha: Việt Nam Cộng hòa
| |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Shior: Tổ Quốc – Danh Dự – Trách Nhiệm “Vatan – sharaf – burch” | |||||||||
Madhiya: Tiếng Gọi Công Dân “Fuqarolarga qo'ng'iroq” | |||||||||
Prezident muhri: (1955–1963) (1963–1975) | |||||||||
Poytaxt | Saygon | ||||||||
Rasmiy til(lar) | Vyetnam tili | ||||||||
Boshqa tillar | Fransuzcha | ||||||||
Din |
Buddizm Xristianlik Konfutsiylik Daosizm Vyetnam xalq dini Koadaizm Hoahaoizm | ||||||||
Etnoxoronim(lar) | Janubiy Vyetlar • Vyetlar | ||||||||
Hukumat |
| ||||||||
Prezident | |||||||||
• 1955–1963 |
Ngo Dim Dyem | ||||||||
• 1963–1967 |
Vakant (harbiy xunta) | ||||||||
• 1967–1975 |
Nguen Van Thyeu | ||||||||
• 1975 |
Chan Van Huong | ||||||||
• 1975 |
Zuong Van Min | ||||||||
Vitse-prezident | |||||||||
• 1956–1963 |
Ngueng Ngok Tho | ||||||||
• 1963–1967 |
Vakant | ||||||||
• 1967–1971 |
Ngueng Kao Ki | ||||||||
• 1971–1975 |
Chan Van Huong | ||||||||
• 1975 |
Ngueng Van Huyeng | ||||||||
Qonun chiqaruvchi hokimiyat | Milliy majlis | ||||||||
• Yuqori palata |
Senat | ||||||||
• Quyi palata |
Vakillar palatasi | ||||||||
Tarixiy era | Sovuq urush | ||||||||
• Referendum |
1955-yil 26-oktyabr | ||||||||
• Vyetnam urushining boshlanishi |
1955-yil 1-noyabr | ||||||||
• 1963-yilgi davlat toʻntarishi |
1963-yil 3-noyabr | ||||||||
• Ikkinchi Respublika taʼsis etilishi |
1967-yil 1-aprel | ||||||||
• Parij tinchlik kelishuvlari |
1973-yil 27-yanvar | ||||||||
• Saygonning qulashi |
1975-yil 30-aprel | ||||||||
Maydon | |||||||||
• Butun |
173,809 km2 | ||||||||
Aholi | |||||||||
• 1975-yilgi roʻyxat |
19,582,000 kishi | ||||||||
Pul birligi | Janubiy Vyetnam dongi | ||||||||
Vaqt mintaqasi | UTC+8 | ||||||||
Avtomobil harakati | Oʻng | ||||||||
| |||||||||
Hozirda hududida quyidagilar mavjud | Vyetnam |
Janubiy Vyetnam yoki Vyetnam Respublikasi (vyetnamcha: Việt Nam Cộng hòa) – Janubiy Vyetnamda „Vetnam davlati“ning sobiq boshligʻi qoʻgʻirchoq imperator Bao-Dayning agʻdarilishi natijasida 1955-yilda tashkil topgan. Maydoni 171 ming kvadrat kilometr. Aholisi 12,5 milion kishidan ortiq. Markazi Saygon shahri (aholisi 2 million kishi).
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubiy Vyetnam iqtisodiy jihatdan amerika va fransuz kapitaliga qaram boʻlgan. Iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi qishloq xoʻjaligi hisoblanadi. Bu yerda oʻtkazilgan yer islohoti yerga nisbatan feodal munosabatlarni tugatolmadi. Haydaladigan yerning 1 million gektaridan koʻprogʻi 6 ming pomeshchik qoʻlida, ayni vaqtda shuncha yer 3 million dehqonlar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Janubiy Vyetnamning sanoati asosan oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoat tarmoqlaridan iborat edi. Saygon matbuotining bergan maʼlumotlariga koʻra, mavjud 15 ming urchiqdan 10,5 mingtasi ishlamas edi. Shuning uchun ham toʻqimachilik fabrikalari ish bilan toʻla taʼminlanmadi, mayda hunarmandchilik korxonalarining 60 foizii bekildi.
Mamlakat iqtisodiyoti va transportining rivojlanishi strategik maqsadlarga boʻysundirilgan. Saygon va boshqa portlar harbiy dengiz bazalari sifatida foydalanish uchun qayta moslashtirildi.
Janubiy Vyetnamning tashqi savdosi mustamlaka xarakterida boʻlib, Fransiya, AQSH, Yaponiya va Gʻarbiy Germaniya bilan savdo munosabatlari olib bordi. Bozorlari AQSh mollari bilan toʻldirib tashlandi. Chetga kauchuk va guruch chiqarib, chetdan asosan sanoat tovarlari keltildi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prezident davlat va hukumat boshligʻi hisoblanib, u xalq tomonidan 6 yil muddatga saylangan. Hukumat aʼzolari prezident tomonidan tayinlangan. Qonun chiqaruvchi oliy organ Milliy majlisi aholi tomonidan 4 yil muddatga saylangan.
Siyosiy partiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Mehnat va insonparvarlik“ partiyasi. Bu partiya Janubiy Vyetnamda mavjud Ngo-din-Dyem boshchiligidagi reaksion tuzumning tayanchidir; „Ozodlikka erishish harakati“ partiyasi liberal guruhlardan lardan iborat.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]AQShga suyangan Ngo Din Dyem hukumati taraqqiyparvar unsurlarni boʻgʻib tashlash siyosatini yurgizdi va yarash bitimini kuzatuvchi va nazorat qiluvchi Xalqaro komissiya faoliyatiga toʻsqinlik qildi. Jeneva bitimini qoʻpol ravishda buzib, mamlakatga AQSh qurol-yarogʻlarini keltirdi va VDRga qarshi dushmanlik siyosati yurgizdi. Ngo din Dyem tarafdorlari boʻlgan maʼmurlar Janubiy Vyetnamni harbiylashtirib, qurolli kuchlarni koʻpaytirdi. Umuman olganda mavjud tuzumning agressivligi qurolli kuchlarning koʻpayib borishiga sabab boʻldi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sarvar Azimov. Jahondagi mamlakatlar. Qisqacha siyosiy va iqtisodiy maʼlumotlar (1962) — 149--bet.