Jannat qidirganlar
Muallif(lar) | Shuhrat |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1968 |
Sahifalar soni | 448 |
ISBN | ISBN 978-9943-5295-7-1 |
„Jannat qidirganlar“ — oʻzbek yozuvchisi Shuhrat qalamiga mansub roman. Ilk bor 1968-yil Toshkent shahrida chop etilgan. Bir necha marta turli nashriyotlarda, jumladan, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida hamda „Qaldirgʻoch“ nashriyotida qayta nashr etilgan. „Jannat qidirganlar“ romani „Oltin zanglamas“ romanining mantiqiy davomi hisoblanadi.[1] Roman oʻzbek oʻquvchilari orasida yaxshi tanilgan. „Qaldirgʻoch“ nashriyoti romanni „Oʻzbek adabiyoti oltin fondi“ turkumiga kiritgan.
„Jannat qidirganlar“ romanida vatangadolik fojealari badiiy ifodasini topgan. Xususan, romanda haqiqat (jannat) axtarib yashovchi kishilarning ikki xil koʻrinishi tasvirlangan. Romanda muallif Sovet Ittifoqi davrida inson haq-huquqlarining toptalishini oʻzi guvoh boʻlgan voqealarni umumlashtirgan holda tasvirlagan. Eʼtiqod vatanparvarlik, vijdon amrini har bir kishining jamiyatdagi mavqei va insoniy qadr-qimmatini belgilovchi muhim maʼnaviy qadriyatlar sifatida talqin etgan. Roman nashr etilgandan keyin, ayrimlar muallifni millatchilikda ayblagan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Shuhrat Rizayev. Men tirikman, to olamda soʻzim bor.“. Kh-davron (2014-yil 19-aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
- ↑ „Shuhrat (1918–1993)“. Saviya (2017-yil 2-oktyabr). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Shuhrat tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan „Oltin zanglamas“ deb nomlangan bibliografik sharh boʻlib oʻtdi[sayt ishlamaydi], Oʻzbekiston milliy kutubxonasi