Kontent qismiga oʻtish

Oltin zanglamas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oltin zanglamas

2018-yilgi nashr jildi
Muallif(lar) Shuhrat
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1967-yil
Nashriyot
Sahifalar soni
  • 400 bet (1995)
  • 480 bet (2018)
  • 520 bet (2021)
ISBN ISBN 978-9943-6455-3-0

Oltin zanglamasOʻzbekiston xalq yozuvchisi Shuhrat tomonidan 1963-1965-yillarda yozilgan roman. Ilk marotaba 1967-yilda nashr etilgan. Oltin Zanglamas romanida urushdan oldingi va keyingi davrda mudhish qatagʻonlarga duchor etilgan halol, imon-eʼtiqodli kishilarning fojiali qismati badiiy tasvirlangan.

Roman sovet va mustaqillik davrlarida koʻp marotaba nashr etilgan. 1995-yilda Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati romanni 400 betli qattiq muqovada 25 000 nusxada nashr etdi. 2018-yilda esa Yangi Asr Avlodi nashriyotida 480 betli qattiq muqovada krill alifbosida chop etildi. Roman soʻnggi marta 2021-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyotida 520 betli qattiq muqovada lotin yozuvida nashr etildi.[1][2]

Roman adibning quyidagi soʻzlari bilan boshlanadi: „Mehribon onam, sevikli muallimim, qadrdon doʻstim, aziz farzandlarimga bagʻishlayman“.

Asarning bosh qahramoni Sodiq ismli halol, vijdonli toʻgʻrisoʻz oʻqituvchi. U maktab direktori sifatida juda faol va atrofidagilarga nisbatan talabchan, qattiqqoʻl. Uning ana shu xususiyatlari maktabdosh ayrim dangasa, xulqi buzuq, saviyasi past xodimlarga yoqmaydi. Atrofda hech sababsiz „qama-qama“lar avj olgan vaziyat bundaylarga juda qoʻl keladi va ular sofdil Sodiqni ham „chaquv“ bilan qamatishga muvaffaq boʻlishadi.

Men bu hayotning atrofidamas, naq ichida boʻlganman. Bu mavzuda biror narsa yaratmasam koʻnglim joyiga tushmas edi“ -deya yozgan edi Shuhrat asari haqida.

  • Sodiq-oʻqituvchi, bosh qahramon
  • Jannat-Sodiqning kasalmand xotini
  • Mirsalim-oʻqituvchi
  • Shukurov-o‘qituvchi
  • Chuxanov-o‘qituvchi
  • Qodir-Sodiqning ukasi
  • Adolat xola-Sodiq va Qodirning onasi, hammani jon bolam deganidan mahalladagilar „Jonbolam xola“ deya nom berishgan
  • Aziza-Qodirning sevgilisi, Mirsalimning qizi,institutni bitirgan frontdagi vrach
  • Dilovarxo'ja-sobiq bosmachi,dushmanning oltin tuvagiga uchgan sotqin, Bogunning qotili
  • Bogun-Sodiqning do'sti
  • Pushkaryov-NKVD xodimi, Sodiqning tergovchisi
  1. arxiv nusxasi, 2021-12-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-12-27
  2. https://kitoblardunyosi.uz/oltin-zanglamas