Kontent qismiga oʻtish

Jadvyga Juškytė

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jadvyga Juškytė
Tavalludi 13-yanvar 1869-yil
Vafoti 16-mart 1948-yil(1948-03-16)
(79 yoshda)
Milvydai, Pernarava, Lithuanian SSR
Fuqaroligi Litva va Rossiya Imperiyasi
Kasbi Oʻqituvchi

Jadvyga Juškytė (1869—1948) — Litva milliy tiklanish davrida faoliyat koʻrsatgan litviyalik oʻqituvchi.

Juškytė Litvada zodagonlar oilasida tugʻilgan. Hech qanday rasmiy maʼlumotga ega boʻlmasa-da umri davomida uzoq vaqt oʻqituvchilik qilgan. Yoshlik davrida Pernaravada noqonuniy Litva maktabini ochgan va 15 yil u yerda dars bergan. Boshqa Litva faollari bilan hamkorlikda ishlagan. 1893-yilda Gabrielė Petkevičaitė-Bitė bilan birga litvalik talabalarga moliyaviy tomondan yordam berish uchun noqonuniy Žiburėlis jamiyatiga asos solgan. 1895-yilda tilshunos Kazimieras Jauniusni Qozondagi psixiatriya shifoxonasidan ozod qilib Litvaga qaytarib olib kelgan. 1897-yilda Litva grammatikasi boʻyicha eslatmalar kitobini nashrdan chiqartirgan. 1899-yilda Palangada sahnalashtirilgan Litvada birinchi ommaviy litva tilidagi spektaklda rol ijro etgan. U Litvadagi turli nashrlarga (Varpas hamda Tėvynės sargas) maqolalar yozgan va Litva folklor ijodiy ishlarini toʻplagan. Ular boʻyicha Jonas Basanavičius va Juozas Tumas-Vaižgantas bilan maslahatlashgan.

Juškytė 13-yanvar kuni, Pernaravada kichik Litva zodagonlari oilasida tugʻilgan[1]. Uning otasi mashhur aka-uka Antanas va Jonas Juškaning qarindoshi boʻlgan[2]. Ota-oansining ikkisi ham 1863-yilgi Rossiyaga qarshi muvaffaqqiyatsiz qoʻzgʻolonda ishtirok etishgan. Otasi qisqa muddat ichida qamoqqa olingan. Ota-onasi Tyszkiewicz oilasidan Pernarava manorini ijaraga olgan. Juškytė Kėdainiai shahridagi xususiy maktabda bir yil taʼlim olgan va asosan yaxshi maʼlumotga ega onasi tomonidan tarbiyalangan. Oilada shaxsiy kutubxona va ota-bobolarining portretlari boʻlgan[3].

Juškytė yoshligidan Litvadagi taqiqlangan matbuotda faoliyat yuritgan. U Litva birinchi davriy nashri hisoblangan Ausraning nusxalarini oladi hamda hatto Pernaravadagi amakisinikiga tashrif buyurganida uning muharriri Yonas Sliūpas bilan uchrashadi. Sliūpas u haqida eslaganida yosh va gʻayratli boʻlgan deb taʼrif bergan[4].

Juškytė shu davrlarda ishchilarning farzandlari, qishloq qizlari uchun noqonuniy maktab ochadi. Bu yerda u litva, polyak, rus tillari, adabiyot, tarix, geografiya hamda hunarmandchilikdan dars bergan[5]. 15 yil davomida har bir oʻrtacha sinflarda oʻnga yaqin oʻquvchidan oʻqitgan[6].

Amerika komediyasi tashkilotchilari. Juškyte chapdan ikkinchi oʻrinda.

Juškytė Litva milliy tiklanishining faol aʼzosi, oʻqituvchi Gabrielė Petkevičaitė-Bite bilan tanishadi. 1893-yilda ular litvalik talabalarga moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadida noqonuniy Žiburėlis jamiyatini tuzadi[7]. Shu kabi doʻstlaridan biri Jonas Basanavičius bilan xat yozishadi va unga Litva xalq ertaklaridan naʼmunalar yuboradi. Bulardan toʻqqiztasini oʻzining xalq ertaklari toʻplamiga kiritadi[8]. Juškite litva xalq ogʻzaki qoʻshiqlarini ham toʻplash bilan shugʻullanadi. Ularni Litva Ilmiy Jamiyatiga va Juozas Tumas-Vayžgantasga (156 ta Litva xalq qoʻshiqlarini) yuboradi[9]. Natijada, koʻplab notalarni arxivlarda saqlanib qolishiga sababchi boʻladi[10].

Juškytė Litvaning Varpas gazetasi muharriri boʻlgan Vincas Kudirka bilan yozishmalar olib boradi, unga tahrir ishlarida yordam beradi. Oʻzi ham shu gazetaga qisqa yangiliklarini chop ettiradi. Bundan tashqari u Tėvynes sargas, Ūkininkas, Naujienos nashriyotlari uchun maqolalar yozgan. 1904-yildan keyin Vilniaus žinios, Vairas, Viltis gazetalarida maqolalarini chop eta boshlaydi[11]. Oʻz xotiralariga koʻra, 30 ta maqola chop chop ettirganini sabab oʻtadi, tadqiqotchilarning fikriga koʻra esa bu koʻrsatkich koʻproq boʻlgan[12]. Sababi u oʻzi yozgan maqolalarning koʻplarini imzosiz qoldirgan yoki noaniq harflar, taxalluslardan foydalangan. Koʻproq Petkevičaite taklif qilgan Širšė (vasp) taxallusi yoki Bitė (ari)dan foydalangan[13].

Juškytė litva tili grammatikasiga qiziqqan. Uni dastlab Kazimieras Jaunius, keyinchalik amakivachchasidan oʻrgangan. Litva tilini bilishi tilshunos olim Jonas Jablonskis tomonidan qadrlangan[14].

1898-yil iyulda singlisi Mariya, Povilas Vishinskis, Petkevichaite-Bite hamda Petras Avižonislar bilan Kudirkaga tashrif buyurgan. U yerda koʻplab Litva faollari: Petras Kriaučiūnas, shifokor Jonas Staugaitis, ruhoniy Aleksandras Dambrauskas, shoir va ruhoniy Maironis bilan uchrashgan[15].

Ular bilan birga Palangada birinchi litva tilidagi „Amerika“ nomli komediyani sahnalashtirgan[16]. Tomoshadan soʻng, Juškytė Michał Mikołaj Ogińskining oldiga borib, uni Litvadagi noqonuniy nashrlarni Rossiya-Prussiya chegarasi orqali olib oʻtishga koʻndirgan[17].

1899—1901-yillarda Višinskis maslahati bilan bir nechta hikoyalar yozib koʻrdi, ammo oʻziga nisbatan tanqidiy munosabatda boʻlib, adabiyot sohasida boshqa ijod qilmadi[18].

1901-yilda Juškytė Irbidga ketadi va u yerda advokat Kazimieras Drąsutavičiusning farzandlariga shaxsiy oʻqituvchi sifatida dars beradi. Drąsutavičiusga litva-polsha hamda ruscha botanika lugʻatlari tarjimalarida yordam beradi[19]. U yaratgan antolgiya qoʻllanmalarida talabalar uchun qishloq hayoti voqeliklari, Litva xalq ogʻzaki ijodi naʼmunalari, uy, qishloq, ferma, oʻrmon ishlari kabilar yoritilgan[20]. Bundan tashqari turli sohalar uchun yana uchta antologiya toʻplamlari yaratgan, ammo ular tugallanmay qolib ketgan[21]. 1903-yilda Litvaga qaytib keladi hamda Pavėžupisda Vladas Putvinskis tomonidan repititor boʻlib yollanadi. Shu davrlardan boshlab Litva faoliyatida faollik boshlagan va Varpas tahririyatida boʻladigan majlislarda ishtirok etgan. U matnlarni tahrirlash, toʻgʻirlash orqali Varpasga yordam bergan. 1904-yilda Litva matbuoti shaxsiy erkinlikka erishgandan soʻng, Juškytė yana oʻqituvchilik ishini davom ettiradi. Graf Vladimir Zubov hamda rafiqasi Sofiya Bilevičiūtė-Zuboviene tomonidan Ginkunay manorida tashkil etilgan yangi maktabga dars berishga taklif qilinadi. U yerda yetti yil davomida litva tili, tarixi, geografiyasidan dars beradi. 1906-yilda Litva ibodat kitobini 12 000 nusxada nashr ettiradi[22]. 1905-yilda Vilnyusdagi Buyuk Seymada, 1910-yilda Litva ilmiy jamiyatiga qatnashadi[23]. 1912-yilda Bolesław Gorczyński, Lucjan Rydel, Axel Steenbuch, Jan Adolf Hertz tarjimasidagi ikki jildlik teatr pyesalar toʻplamini nashr ettiradi[24].

Mustaqil Litvadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi jahon urushi davrida Juškytė Litvada qolib, bu yerda Pernarava yaqinida bir nechta Litva maktablarini tashkil qilgan[25]. Litva mustaqilligi eʼlon qilinganda Juškytė uning ijtimoiy hayotida faol qatnashdi. Jumladan, u mahalliy munitsipaliteti, Jeligovskiy qoʻzgʻolonidan keyin Litva armiyasi uchun oziq-ovqat va kiyim-kechaklar xayriya tashkilotlariga rahbarlik qildi. Manbalarga koʻra, bu ishlari uchun 1928-yilda ikki yoki toʻrtta Mustaqillik medali, Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni bilan taqdirlangan, ammo medal olganlar roʻyxatida ismi topilmagan[26].

1922-yilda yer islohotini amalga oshirish boʻyicha mahalla komissiyasi raisi etib saylangan. 1920-yildan boshlab boshlangʻich maktab direktori lavozimida ishlagan. 1928-yilda Vilnyus afsonalari haqidagi kitobini nashr etgan[27].

1930-yilda ogʻir kasallikdan tanasining chap tomoni falaj boʻlib qolgan va nafaqaga chiqishga majbur boʻlgan[28]. Bu davrlarda moliyaviy jihatdan qiyinchilikka uchragan, xususiy repititorlik va davlat pensiyasidan maosh olgan. Shunga qaramay tarixiy xotiralar, jarayonlar haqida kitoblar yozib Litva madaniy hayotiga hissa qoʻshib borgan[29]. Juškytė oila qurmagan, 1948-yil 16-martda vafot etgan, vafot etgan joyi nomaʼlum[30].

1990-yilda Litva mustaqilligidan soʻng, Pernaravadagi asosiy koʻchalardan biri uning sharafiga nomlangan. 2019-yilda uning 150 yilligi nishonlanib, spektakl, kontsertlar va maʼruzalar oʻtkazilgan. Uning sharafiga anʼanaviy yogʻoch oʻymakor ustunli ziyoratgoh ham tashkil qilingan[31].