Kontent qismiga oʻtish

Issiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Issiq – sak qabilalarining mozor-qoʻrgʻoni (mil. av. 5—4-asrlar). Olmaotadan 50 km sharqda, Issiq daryosi boʻyida joylashgan podshoh mozorqoʻrgʻonlari (jami 45) dan biri. 70-yillarda Qo-zogiston arxeologiya ekspeditsiyasi (Akishev K. A.) tekshirgan. Bal. 6 m, diametri 60 m. Xodalardan ishlangan 2 qabr topilgan: biri talangan, 2 siga esa harbiy aslzoda – qabila boshligi koʻmilgan. Undan 30 dan ziyod sopol, yogʻoch, kumush, jez idishlar, 4 mingdan ortiq tilla bezaklar, kumush qoshiq, 26 munchoq topilgan. Kiyimlarga taqiladigan oltin plastinkalar va skiflarning „hayvon tasviri uslubi“da ishlangan oltin toʻqalar (kiyik, yoʻlbars, sher, qoplon, ot va togʻ echkilari yoki ularning boshi aks ettirilgan), oltin isirgʻa, uzuk, boʻyinga ta-qiladigan (3 qatorli oltin) halqa, jez koʻzgu, temir qilich va xanjar (oltin qadamalar bilan bezatilgan), burama xanjar ayniqsa mohirona ishlangan. Paykon tilladan yasalgan boʻlib, kamon tilla tasma bilan oʻralgan. Shuningdek, arhar, qushlarning haykalchalari ham topilgan. Buyumlarning yasalish usuli, badiiy obrazlar ularning mahalliy ustalar tomonidan yasalganligidan dalolat beradi. I.dan topilgan qad. yozuv (kichik kumush idishdagi yozuv – 26 belgi) Yettisuv saklari jamiyatining rivojlanish darajasi boʻyicha Yevrosiyoning oʻsha davrdagi boshqa jamiyatlar bilan bir qatorga qoʻyish imkonini beradi, chunki u Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston hududlaridagi eng qad. yozuv yodgorligi hisoblanadi. Turkiyshunoslar (A. Amanjolov, A. Mahmudov) ning fik-richa, u Urxun-Yenisey yozuv yodgorligi alifbosining bir koʻrinishi – qad. turkiy tilning Oltoy dialektida bitilgan.

/W.: Akishe v K. A., Kurgan Issik, M., 1978.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil