Kontent qismiga oʻtish

Islom Taraqqiyot Banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islom Tarraqqiyoti Banki (ITB)
Turi multilateral development bank va biznes
Tarmogʻi Bank, Moliya
Egasi Islom konferensiyasi tashkiloti
Qachon asos solingan 1974
Qachon tan olingan 1975
Joylashuvi Jidda Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni
Prezidenti Ahmad Mohamed Ali Al-Madani
Ishchilar soni 932
Vebsayti isdb.org

Islom Tarraqqiyoti Banki(ITB) baʼzi manbalarda Islom Rivojlanish Banki - koʻp tomonli moliya instituti hisoblanib, 1-Islom Konferensiyasi Tashkiloti(hozirda Islom Hamkorlik tashkiloti) tomonidan arab mamlakatlari Moliya vazirlari tomonidan taʼsis etilingan.

Bankning moliyaviy resurslari ustav kapitali va qoʻshimcha moliyaviy vositalaridan iborat. Moliyaviy faoliyatlarning kengayishi natijasida bank qoʻshimcha manbalar bilan taʼminlandi:

  • 1980-yilda sarmoya-depozit rejasi ishga tushgan. Bu reja sarmoyadorlar uchun bankka moliyaviy yordam berishda qatnashish orqali qisqa muddatli sarmoyalarni amalga oshirish uchun islom muqobilini beradi. Ushbu tizim asosida bank nafaqat yakkaholdagi omonatchidan, balki tashkilotlardan ham „Importga moliyaviy yordam berish operatsiyalari“ dasturini amalga oshirish uchun depozitlar qabul qiladi.
  • 1987-yilda „Islom banklari portfeli“ tashkil qilingan. Ushbu tashkilot aʼzo boʻlgan davlatlararo savdo-sotiq moliyaviy qoʻllab quvvatlash uchun sarmoyadan foydalanish hamda qimmatbaho qogʻozlar va lizing bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ochilgan. Shariat normalariga asosan bunga naqd pul va qarzlar kirmaydi.
  • 1988-yildan savdo-sotiqqa uzoq muddatli moliyaviy yordam berish rejasi amalga oshirila boshladi. Ushbu reja importga moliyaviy yordam berish programmasini toʻldiradi va IKTga aʼzo boʻlgan davlatlarning anʼanaviy boʻlmagan tovarlari eksportini kengatirishda koʻmak beradi. Bu esa IRBga aʼzo boʻlgan davlatlardan eksport qilish uchun kerakli moliyaviy vositalar bilan 6 oydan 60 oygacha boʻlgan muddatga jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
  • 1989-yilda alohida investitsion fond tashkil qilingan. Uning maqsadi qoʻshimcha moliya resurslarini jalb qilish va ularni shariatga asoslangan holda sarmoyalashtirish.

Islom rivojlantirish banki 1973-yil Jiddada Islom konferensiyasi tashkilotining aʼzo-davlatlari deklaratsiyasi imzolanganidan keyin 1974-yilda tashkil qilindi, oʻz faoliyatini rasmiy ravishda 1975-yil 20-oktyabrdan boshlagan.

Tashkilotga 56 ta mamlakat aʼzo boʻlib, quyidagi davlatlar bankni asosiy moliyalashtiradigan mamlakatlar hisoblanadi:

Uzb

  • Aʼzo mamlakatlarning, shariatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga taʼsir oʻtkazish.
  • aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish.
  • ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish
  • aʼzo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshq shakllarda moliyaviy yordam berish.
  • aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish. Nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan.
  • moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yoʻnaltirish va depozitlarini qabul qilish.
  • aʼzo-davlatlarga texnik yordam koʻrsatish.
  • musulmon davlatlarning rivojlanishi boʻyicha tashkilot aʼzolarini oʻqitishda xizmatlar koʻrsatish.
  • bepul kreditlar berish